Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Aleysh Garsiya – «Jirona»ning tortish o‘qi

Aleysh Garsiya – «Jirona»ning tortish o‘qi

Baho:
+ | -

Yevromavsumning asosiy kashfiyo­ti - «Jirona». Kataloniyaning kamtarin klubi La Liga-2023|2024ni shunday yorqin boshladiki, ko‘pchilik bunga haligacha ishonolmayapti.

Asosiy faktga qarang: Michel boshqaruvidagi jamoa avgust - noyabr oralig‘ida Jud Bellingem bilan yanada qo‘r­qinchli raqib timsoliga kirgan «Real» bilan tenma-teng yurdi. Dastlabki 15ta tur yakuni bo‘yicha aytsak, «Jirona» faqat gollar nisbati bo‘yicha «Madrid»dan biroz ortda qoldi. Ko‘pchilik mensimagan jamoa shuning barobarida 15ta o‘yinda La Liganing eng sermahsul ishtirokchisi bo‘ldi - 34ta gol. Albatta, jironaliklarga nisbatan qulay taqvim ham qo‘l kelgandir, ehtimol. Ammo bu klub tarkibida o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surayotgan futbolchilar xizmatiga soya solmaydi aslo. Quyida sports.ru sayti ma’lumotlari asosida «Jirona»ni olg‘a boshlayotgan markaziy yarim himoyachi Aleysh Garsiyaga e’tibor qaratamiz. Hisobga olish kerak, ushbu material 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Kataloniya derbisi» («Barselona» - «Jirona»)dan oldin yozilgan.

«Vilyarreal» tizimi futbolchisi. Aleysh Garsiya garchi «sariq suvosti kemasi» tizimida shug‘ullangan bo‘lsada, asosiy jamoa tarkibida atigi 1 marta maydonga tushgan. Binobarin, u erta kunda qudratli «Manchester Siti» e’tiborini qozonadi va 2015 yili «shaharliklar» safiga qo‘shiladi. Biroq Aleysh­ning Angliya safari uzoqqa cho‘zilmaydi. «Manchester Siti» rahbariyati atigi 4ta o‘yinda maydonga tushgan iqtidorli futbolchini ijara kelishuvi asosida «Jirona»ga yuboradi. O‘z o‘rnida aytish kerak, har ikki klub City Football Group konserni tarkibida faoliyat yuritmoqda. Aleyshga qaytsak, u keyinchalik «Dinamo» (Buxarest) va «Eybar» jamoalarida ham o‘ynab ko‘radi. 2021 yilning iyul oyida esa erkin agent sifatida «Jirona»ga qaytadi. Kataloniyaliklar aynan o‘sha mavsum yakunida Segundadan elitaga ko‘tariladilar.

Transferlar bahosi 10 million yevro. Futbolchi joriy mavsum La Liganing dastlabki 15ta turida bexato maydonga tushdi. Shundan 7ta o‘yinni yarim himoyachilar uchligida o‘tkazib, himoyaga bog‘langan futbolchi rolini bajardi. Oxirgi uchrashuvlarda esa Anxel Errera bilan tandem tashkil etmoqda. Aleyshning himoyaviy harakatlardagi ko‘rsatkichiga alohida to‘xtalish kerak. Binobarin, u to‘pni ilib olib borasida 81 foizlik natija bilan o‘z pozisiya­doshlari orasida peshqadamlik qilmoqda. E’tiborli jihati, Aleyshda hujum harakatlari ko‘rsatkichi ham juda yaxshi. U bu borada uzatmalar soni va sifati borasida maqtanishga haqli. To‘g‘ri, hujumda aldab o‘tish foi­zi biroz past. Lekin har bir o‘yinda 81 foiz aniq uzatma - bu La Ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Eng yaqin ta’qibchilar - Toni Kroos va Orelyen Tchuameni 79 foiz aniq uzatmaga egalar. Lekin «Real» vakillarida uzatmalarning umumiy soni kam.

Diagonal o‘tkazma. Har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda 66,9ta qisqa uzatma. Aleysh bu borada Ispaniya chempionatining eng ilg‘or 5 nafar ishtirokchisidan biridir. Qisqa uzatmalarning aniqligi 94,4 foiz. «Jirona» yetakchisi bu masalada top-3da. Xullas, statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aytsak, Aleysh Garsiya shubhasiz, La Liga yulduzlari qatorida. Lekin navbatdagi har bir uchrashuv nafaqat liga kashfiyoti, balki butun «Jirona» uchun haqiqiy sinov sanaladi. Demak, kuzatishda davom etamiz.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 20.12.2023.
O'qildi: 2019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.