Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" so‘nggi 12 yildagi eng yaxshi startni namoyish etdi

"Real" so‘nggi 12 yildagi eng yaxshi startni namoyish etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida Madridning “Real” klubi safarda “Alaves” bilan uchrashdi. Karlo Anchelotti shogirdlari 1:0 hisobida minimal g‘alabaga erishdi. Yagona golga Lukas Vaskes qo‘shib berilgan vaqtda mualliflik qildi.

18 tur yakunlariga ko‘ra, madridliklar 45 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid Xtra xabariga ko‘ra, bu "Los Blankos"ning La Ligadagi so‘nggi 12 yildagi eng yaxshi starti.

Navbatdagi o‘yinda Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida “Malyorka”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 3 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:56, 23.12.2023.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик