Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superliga-2023. Medallar uchun kurashgan 5 jamoa o‘zaro o‘yinlarda qanday ko‘rindi?

Superliga-2023. Medallar uchun kurashgan 5 jamoa o‘zaro o‘yinlarda qanday ko‘rindi?

Baho:
+ | -

Suparliga-2023 davomida medallar uchun so‘nggi turga qadar kurash olib borgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari qanday kechgandi? Ya’ni, ularning qolgan jamoalarga qarshi o‘yinlari ayirib tashlansa, musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda bo‘lardi?  

Mana shu 5 jamoa ishtirokidagi markaziy o‘yinlarning o‘zinigina ajratib olsak, «Nasaf» va «Neftchi» hammadan ko‘proq ochko jamg‘ara olganini ko‘rish mumkin. O‘zaro o‘yinlarda ham, to‘plar farqiga ko‘ra ham ustunlik «Nasaf» foydasiga.



«Nasaf» mana shu jadvalda qayd etilgan har bir raqibiga qarshi umumiy 2 ta o‘yin fonida olib qaralsa, ularning hech birida raqibidan ortda qolmagan yagona jamoa hisoblanadi. Masalan, «Paxtakor» bilan to‘la tenglik, «Neftchi» to‘plar farqiga ko‘ra mag‘lub etilgan. OKMK va «Navbahor»dan ko‘proq ochko ishlab olingan.   

«Nasaf»ga chempionlik uchun 5 ochko yetmadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Qarshida, kutilmaganda, quyidagi o‘yinlarda ochko yo‘qotdi:

«Nasaf» - «Andijon» - 0:1
«Nasaf» - «Qizilqum» - 0:0
«Nasaf» - «Bunyodkor» - 0:1
«Nasaf» - «So‘g‘diyona» - 0:0 .

Shuningdek, «Nasaf» «Andijon» bilan o‘zaro ikki o‘yinning o‘zidayoq 5 ochko boy berdi. «Bunyodkor» bilan o‘zaro ikki o‘yinda ham shuncha ochko yo‘qotildi. «Qizilqum» bilan o‘zaro ikki bahsda esa 4 ochkodan mahrum bo‘ldi.

«Neftchi» butun mavsum davomida eng ko‘p durang qayd etgan jamoa bo‘ldi. Ya’ni, markaziy o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan Levchenko jamoasi, nisbatan oddiyroq o‘yinlarda eng ko‘p marta ochko yo‘qotdi.

«Navbahor» markaziy uchrashuvlarning birortasini o‘z foydasiga hal qila olmadi. O‘zaro to‘qnashuvlarda «Neftchi»dan tashqari qolgan uch raqibga mag‘lub bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:21, 23.12.2023.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик