Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shohruz Norxonov: «Neftchi»da o‘ynash men uchun sharaflidir»

Shohruz Norxonov: «Neftchi»da o‘ynash men uchun sharaflidir»

Baho:
+ | -

Yaqinda "Neftchi" bilan shartnoma imzolagan hujumchi Shohruz Norxonov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.  

—"Neftchi» klubiga kelishingiz qanday yuz berdi?
—"Neftchi" klubi o‘tgan mavsumdayoq menga qiziqish bildirgan edi. Chempionat bahslari yakuniga yetay deganda jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko meni kelasi mavsumda jamoa tarkibida ko‘rish istagini bildirib o‘tdi. Bosh murabbiy bilan suhbatlashgach menga bildirgan ishonchidan so‘ng ikkilanmasdan yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlagan jamoa bilan shartnoma imzoladim.

—Yig‘inlar davom etmoqda. Aytingchi, jamoaga qanchalik kirishib ketdingiz?
—Umumiy qilib aytganda, jamoaga kirishish men uchun oson kechdi. Sababi,bu yerda to‘p surayotgan ko‘plab futbolchilar bilan avvaldan yaxshi tanish bo‘lishimizdan tashqari ko‘pchiligi bilan anchadan beri do‘stmiz ham. Shu omillar jamoaga osonroq qo‘shilib ketishimda yordam berdi.

—Oilangiz, do‘stlaringiz «Neftchi» jamoasiga o‘tishingizni qanday qabul qilishdi?
—"Neftchi" O‘zbekiston futbolida juda buyuk klublardan biridir. Bunday jamoa sharafini himoya qilish men uchun sharafli hisoblanadi. Shuning uchun yaqinlarim va do‘stlarim "Neftchi"da o‘ynash bo‘yicha chiqargan qarorimni  xursandchilik bilan kutib olib, qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar hamda jamoa safida katta yutqularga erishishim uchun duoda bo‘ldilar.

—O‘tgan mavsum siz uchun ikki hil kechdi. Sababi, birinchi davrada o‘yin amaliyotiga deyarli ega bo‘lmagan bo‘lsangiz, ikkinchi davrada esa "Buxoro" tarkibida har bir uchrashuvda to‘liq harakat qildingiz. Nima deb o‘ylaysiz, ayni paytda sport formangizdan o‘zingiz qoniqish hosil qilyapsizmi?
—To‘g‘ri ta’kidladingiz, o‘tgan mavsum ikki jamoada to‘p surdim. Lekin umumiy qilib aytsam, "Navbaxor"da ham "Buxoro"da ham to‘p surganimdan afsuslanishim yo‘qligiga qaramay, mavsumdagi o‘yinlarimdan qoniqish hosil qilmadim. Yangi mavsumdan umidim katta. Xudo xohlasa imkoni boricha ko‘p gollar kiritib, muxlislarni xursand qilish bilan birga musobaqada to‘purar bo‘lish niyatim bor.

—Jamoamiz murabbiylari va ular qo‘l ostida o‘tayotgan tayyorgarlik jarayoni sizda qanday taassurotlar qoldirmoqda?
—Murabbiylarimizning  ko‘rsatmalari asosida kechayotgan mashg‘ulotlarda barchasini to‘g‘ri va bexato bajarishga harakat qilyapmiz. Qisqa qilib aytganda, hammasi a’lo darajada.

—"Neftchi"dagi debyut mavsumida oldingizga qanday maqsadlar qo‘ydingiz?
— Maqsadim, katta kuch va bor mahoratimni ishga solgan holda ko‘proq gollar urib, jamoa bilan yuqori o‘rinlarni egallash va sovrinlarga ega chiqishdan iboratdir.

—Fursatdan foydalanib farg‘onalik muxlislarimizga tilaklaringiz?
—Farg‘onalik muxlislar futbolni yaxshi ko‘rishlari hech kimga sir emas. Xudo xohlasa yangi mavsumda mazmunli va g‘olibona o‘yinlarimiz orqali muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 16:58, 24.12.2023.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.