Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nega "Manchester Yunayted" haligacha Erik ten Xagni iste’foga chiqarmadi?

Nega "Manchester Yunayted" haligacha Erik ten Xagni iste’foga chiqarmadi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xagning “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqishi masalasi anchadan buyon muhokama qilinmoqda, ayniqsa, jamoa 1930/31 yilgi chempionatdan keyingi mavsumning birinchi yarmini eng yomon o‘tkazyapti.

Yangi eganing paydo bo‘lishi

"Manchester Yunayted" hozir o‘tish davrida. Yaqinda Jim Retkliff boshchiligidagi INEOS kompaniyasining 25% ulushini sotib olish yakunlandi. Garchi yangi xo‘jayin ko‘pchilik ulushga ega bo‘lmasa-da, u klubni boshqaradigan shaxs bo‘ladi. Ochig‘i, kelishuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi va bunday vaziyatda tezkor choralar ko‘rish qiyin edi.

Klubni Retkliffning kompaniyasi boshqarishini hisobga olsak, ular kelishidan oldin murabbiyni almashtirish juda yomon harakat bo‘lardi. Endi top-menejerlarning yangi guruhi o‘zlari zarur deb bilgan qadamlarni xotirjamlik bilan amalga oshirishlari mumkin. Ehtimol, bu Grem Potter, ehtimol boshqasi bo‘ladi. Biroq, yangi xo‘jayinlarda endigina kelgan murabbiy bor va uni ishdan bo‘shatish impulsiv qadam bo‘ladigan vaziyatga tushib qolmaydi.

Moliyaviy masala

Erik ten Xagning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, u yiliga 10,3 million yevro maosh oladi. Boshqacha aytganda, niderlandiyalikni hozirda istefoga chiqarish “MYU”ga taxminan 17,2 million yevroga tushadi. Shu bilan birga, darhol uning o‘rnini bosadigan murabbiyga sarmoya kiritish kerak bo‘ladi, bu esa klub xarajatlarini oshiradi.

Shu bilan birga, “qizil iblislar” Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etish uchun byudjetga kiritilgan mukofot pullaridan mahrum bo‘lishdi. Qolaversa, “Manchester Yunayted” Yevropa ligasiga ham chiqa olmadi, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Klubga qo‘shimcha yo‘qotishlar xuddi shu 25% ulushning sotuv narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuningdek, Retkliff boshqaradigan sport blokining qo‘llarini yanada bog‘lashi mumkin. Moliyaviy feyr-pley talablariga rioya qilish bekor qilinmagan.

Arteta effekti

"Manchester Yunayted" shunchaki murabbiyni almashtirishga shoshilishni istamasa kerak. “Qizil iblislar” biroz yangilanishyapti, shekilli, murabbiy o‘z futbolini topishga harakat qilmoqda. Bunga Mikel Arteta namuna bo‘lishi mumkin. Ispaniyalik murabbiy bir yarim yil davomida "Arsenal"da azob chekdi va ko‘pchilik allaqachon uni ishdan bo‘shatishni talab qilishgangan ham edi. Biroq klub rahbariyati Artetaga ishongan va endi buning uchun natijaga erishmoqda.

Erik ten Xag o‘tgan mavsumda 6 yil ichida "Manchester Yunayted"ning birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Liga kubogi eng nufuzli sovrin emas, lekin baribir. Shuningdek, Angliya kubogi finali va Premyer-ligada uchinchi o‘rin ham bor edi. Qolaversa, qaysidir vaqtlarda ular mankunianliklar chempionlik uchun kurashga aralashishlari mumkin bo‘lgan variantlarni ham hisoblab chiqishgan.

Boksing dey

Erik ten Xagning iste’fosi yaqin kelajakda, an’anaviy boksing dey tugashi bilanoq sodir bo‘lishi mumkin. Bu davrda murabbiyni almashtirish yaxshi variant emas. Agar Erik ten Xag yanvargacha o‘z lavozimini saqlab qolsa ham, qishki transfer oynasi uning istiqbollari haqida ko‘p narsalarni aytib beradi. Agar klub niderlandiyalikning xohish-istaklarini hisobga olgan holda bitimlarni amalga oshirishda davom etsa, uning o‘z lavozimini saqlab qolish istiqbollari katta bo‘ladi. Agar “Manchester Yunayted” mustaqil siyosat yurita boshlasa, murabbiy istalgan vaqtda ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Kiritildi: 13:47, 27.12.2023.
O'qildi: 2390 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.