Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

“Arsenal” Zinchenkodan voz kechishi kerakmi?

“Arsenal” Zinchenkodan voz kechishi kerakmi?

Baho:
+ | -

Jurnalist Sem Blis “Arsenal” yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning “Vest Xem”ga qarshi (0:2) APL 19-turidan o‘rin olgan bahsdagi xatosi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchining noaniq uzatmasi “kanonirlar” darvozasiga gol urilishiga sabab bo‘ldi.

Blisning fikricha, “Arsenal” yirik uchrashuvlarda Zinchenko xizmatiga murojaat qilmasligi kerak.

"Zinchenko "Liverpul" bilan o‘yinda Muhammad Salohga qarshi yomon o‘yin o‘tkazdi, keyin esa «Vest Xem»ning golli hujumi paytida ishonchsiz harakatlar qildi.

Balki, «Arsenal» ukrainalik futbolchidan voz kechishi vaqti kelgandir, ayniqsa katta o‘yinlarda", - dedi Blis.

Joriy mavsumda Zinchenko “Arsenal” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

APLning 19-turidan so‘ng London jamoasi birinchi o‘rindagi “Liverpul”dan ikki ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:42, 29.12.2023.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик