Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! Farrux Ikromov ham "Dinamo"ga o‘tdi

Rasman! Farrux Ikromov ham "Dinamo"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi Superliganing yana bir eng iqtidorli o‘yinchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Toshkentda o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan Farrux Ikromov «Dinamo» bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

«Bunyodkor» tarbiyalanuvchisi 2021 yil Vadim Abramov qo‘l ostida to‘p surib, 16 o‘yinda 6ta gol va 2ta assist bilan Superliganing eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovringa da’vogarlik qilgandi. O‘tgan mavsumni esa «Navbahor» va «Bunyodkor» tarkibida o‘tkazdi. Farrux o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston yoshlar, olimpiya va milliy jamoasi safida ham maydonga tushgan.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:49, 08.01.2024.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик