Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Angliya Liga kubogining yarim finallarida VAR tizimidan foydalanilmaydi – sababi ma’lum

Angliya Liga kubogining yarim finallarida VAR tizimidan foydalanilmaydi – sababi ma’lum

Baho:
+ | -

Seshanba va chorshanba kunlari Angliya Liga kubogining birinchi yarim finali, ikki haftadan so‘ng ikkinchi yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Turnir finaliga birinchi yo‘llanma uchun “Midlsbro” va “Chelsi”, ikkinchi yo‘llanma uchun “Liverpul” va “Fulxem” jamoalari kurash olib boradi.

"Midlsbro" o‘z raqibini qabul qiladigan "Riversayd"da VAR tizimi yo‘q. Yarim finalda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratish maqsadida Futbol ligasi yarim finalning barcha to‘rtta o‘yinida VAR tizimidan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda Telegraph o‘z sahifalarida so‘z yuritadi.

Angliya Liga kubogining amaldagi g‘olibi "Manchester Yunayted" hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida Erik ten Xag jamoasi "Nyukasl"ni mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 19:34, 08.01.2024.
O'qildi: 1322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик