Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Albaniyalik murabbiy: «Xebay O‘zbekistondagi o‘yinlari orqali Albaniya terma jamoasiga munosib ekanligini isbotladi»

Albaniyalik murabbiy: «Xebay O‘zbekistondagi o‘yinlari orqali Albaniya terma jamoasiga munosib ekanligini isbotladi»

Baho:
+ | -

Rubin Xebay – shubhasiz Superliga yulduziga aylana oldi. Uning uchun 2023 yilgi mavsum yorqin lahzalarga boy o‘tdi. Eng yaxshi transferlardan biri sifatida o‘zini mutlaqo oqladi. Superliganing eng yaxshi futbolchisi nafaqat O‘zbekistonda, balki ona yurti – Albaniyada ham trendga aylandi. Uning nomi bizdagi kabi u yerda ham juda ko‘p tilga olinyapti. Qanday saviyadagi hujumchiligini isbotlagan futbolchi haqida Albaniyada nima deyishayotgani rosti biz uchun juda qiziq va muhim edi.

Futbolchimizning eng yaxshi o‘yinchiga aylangani haqida butun Alban matbuoti bong urmoqda. Bu esa u yerda hujumchimizga e’tibor hamda qiziqishni yanada oshirishi mubolag‘asiz. Xo‘sh, Xebayning Albaniya terma jamoasiga jalb etilish imkoniyati qanday? Boz ustiga bu yil terma jamoa o‘z tarixida birinchi marotaba Yevropa chempionatida qatnashadi. “Andijon” matbuot xizmati ushbu masalaga jiddiy kirishgan holda Rubin Xebayni yaxshiroq biladigan alban mutaxassisini izlab topdi.

Xebay “Andijon” klubiga kelguniga qadar Albaniyaning “Teuta” jamoasida to‘p surgan. Mazkur klubda unga bosh murabbiylik qilgan Renato Arapi bilan bog‘landik. U o‘z vaqtida Albaniya terma jamoasida faoliyat olib borgan va “Teuta” bilan sovrinlarni yutgan.

Xebay bilan “Teuta”dagi faoliyati haqida  

“Ha, O‘zbekistonga ketganidan beri men uni uzoqdan bo‘lsa ham kuzatib boraman, - deya gap boshladi, Arapi. - U bilan futbolchilik davrimdayoq “Teuta”da birga o‘ynaganmiz. Men bilan jamoadosh edi, bir mavsumda 2 ta sovrin yutishga erishgandik. Rubin kelganidan keyin nafaqat men, barcha jamoadoshlarim bilan uning yuqori iste’dod egasi ekanligini sezganmiz. Muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng jamoasini almashtirdi va men murabbiy bo‘lib ishlashni boshlaganimda yana tarkibimizga qo‘shildi. Murabbiy bo‘lganimdan so‘ng klub prezidentidan Xebayni olib kelishni so‘ragandim. Chunki 2 ta hujumchi bilan yaxshiroq natijalarga erisha olishimizga ishongandim. U nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham juda ajoyib. U kirishimli yigit va jamoada ichki muhitni bir maromda ushlashda katta foydasi tekkan”.

Rubinni Albaniya terma jamoasiga chaqirilishi tarafdori

“Albatta, mediada Rubin Xebay haqida ko‘p gapirishadi va u bularning barchasiga munosib. Unda bor xususiyatlardan kelib chiqib, albatta milliy terma jamoada bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Buni bir necha marta O‘zbekistondagi o‘yinlari bilan isbotlay oldi. Aminmanki, milliy jamoa murabbiylar shtabi uni va boshqa barcha albaniyalik futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Chunki hozirda milliy terma jamoamizda mening fikrimcha, hozirgacha bo‘lgan davrlardagi eng kuchli mutaxassislar jamoasi ishlamoqda”.

Milliy termaning ilk bor Yevropa chempionatiga yo‘l olgani va raqobat to‘g‘risida

“Albatta, butun alban xalqi ushbu muvaffaqiyatdan juda xursandmiz. Tarixda birinchi marta saralash guruhimizni birinchi o‘rinda yakunladik. Milliy jamoadagi hujumchilar yetishmovchiligini inobatga olgan holda Xebay jamoaga jalb etilishi kerak, deb hisoblayman. Murabbiy sifatida uning foydasiga ishlamaydigan bir jihatni aytib o‘tgan bo‘lardim. Milliy jamoamizdagi uslubga ko‘ra bizga tezkor hujumchi kerak bo‘ladi. Chunki juda kuchli raqiblarga qarshi bahs olib boramiz. Himoyada yaxshi blokni hosil qilib, tezkor hujumlarga o‘tishimiz kerak. Boshqa tarafdan u uchun terma jamoada juda katta raqobat mavjud. Negaki, hujumchi rolida unga “Chelsi” futbolchisi Armando Broya raqobatchilik qiladi”.

Futbolchimizning gollari hamda imkoniyati xususida

“Ha, uning ko‘plab gollarini ko‘rdim. Imkoniyatlarini bilgan holda aytishim kerakki, Xebay ushbu mavsumda haftadan-haftaga yaxshigina o‘sishga erishdi va kelajakda ham shu tahlid davom etadi. Tez orada uni milliy terma jamoada ko‘rishga umid bog‘layman. Chunki Rubin bunga munosib. Ochig‘i, Xebay 13-titulini qo‘lga kiritishi haqida eshitganimda juda xursand bo‘ldim. Men ham milliy terma jamoaning bir qismi bo‘lganman. Futbolchilik faoliyatimni yakunlagach, “Teuta”da murabbiylikni boshladim. Saudiya Arabistonida ham yordamchi murabbiy sifatida ishladim”, - deya so‘zini yakunladi, alban mutaxassisi.

"Andijon" matbuot xizmati.

P.S. Bu hali yakun emas. Tez orada Albaniya terma jamoasi media rahbari Fatjon Kodra bilan eksklyuziv suhbatni o‘qiysiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:34, 12.01.2024.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.