Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

“Inter” Zelinski bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

“Inter” Zelinski bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Baho:
+ | -

Milanning “Inter” klubi “Napoli” yarim himoyachisi Piotr Zelinski bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar beradi “Inter Xtra”.

Futbolchi yozda erkin agent sifatida "nerradzzurrilar" lageriga ko‘chib o‘tadi, yagona narsa – futbolchining imzosi, bu vaqt masalasi.

Avvalroq, Polsha terma jamoasi futbolchisi «Napoli»ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifini rad etgandi.

Qayd etilishicha, neapolliklar Zelinskiga 5 million yevro maosh taklif qilishgan («Inter» o‘z navbatida yarim himoyachiga mavsum uchun atigi 4,5 million yevro to‘lashga tayyor).

Biroq polyak o‘z qarorini o‘zgartirmadi.

Zelinski "Napoli"da 2016 yildan beri to‘p tepadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 30 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:46, 16.01.2024.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик