Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Katanes: "Suriya bilan o‘yin men uchun hech qanday prinsipial ahamiyatga ega emasdi"

Katanes: "Suriya bilan o‘yin men uchun hech qanday prinsipial ahamiyatga ega emasdi"

Baho:
+ | -

Biroz oldin Osiyo kubogi ikkinchi turidan oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasining Hindistonga qarshi o‘yini oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Srechko Katanes ishtirok etib, mutaxassis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Agar kuchli jamoalar bilan o‘ynasak hammaga o‘ynash oson bo‘ladi. Ertaga boshqacha uchrashuv bo‘ladi. Biz agressiv harakat qilishga urinamiz. Ochiq hududlar ochishga intilamiz. Ko‘proq to‘pni nazorat qilishimiz lozim. Shunda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi. Shunda jarima zarbalari, balki penalti bo‘lar. Men jamoani tayyorladim.

Hindiston juda tartibli jamoa va agressiv o‘ynaydi. Ertangi bahs Suriya bilan bellashuvdagidan farq qiladi. 90-daqiqa davomida sabrli bo‘lishimz lozim.

Bu yerda hindistonlik muxlislar ko‘p. Biz ularning bosimiga e’tibor qaratmasdan o‘zimizning o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Biz bunday bosimlarga e’tibor qaratmaymiz. Keyingi uchrashuvlar haqida o‘ylaymiz.

Hojiakbar Alijonov ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Jahon chempionati saralashidagi Eron bilan o‘yinda gap taktikada emas, futbolchilarning xohishida edi. Shuning uchun o‘sha payt 5 himoyachi bilan yaxshi o‘ynayotgandik. Eron bilan bellashuvda Sergeev hisob 2:1 payti tushgandi. Shuning uchun bu narsa futbolchilarning mentalitetiga bog‘liq.

Suriyaga qarshi bellashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular 2 hujumkor futbolchini maydonga tushirdi. Shunda ular yangi kuchlar paydo bo‘ldi. Shu sababdan ham men o‘zgarishga qo‘l urmadim.

Suriya bilan uchrashuv o‘tib ketdi. Bu haqda gapirgandan foyda yo‘q. Bu o‘yin men uchun hech qanday prinsipial ahamiyatga ega emasdi. Men Ektor Kuperni juda ham hurmat qilaman. Inson sifatida ham, murabbiy sifatida ham", - dedi Srechko Katanes.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:34, 17.01.2024.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.