Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kislorod yetishmovchiligi ortidan dahshat...

Kislorod yetishmovchiligi ortidan dahshat...

Baho:
+ | -

Afrika Millatlar kubogi yo‘lida dahshatnamo voqelik.

Navbatdagi Afrika chempionati boshlanmasidan oldin futbolchilar xavf­sizligi masalasida xavotirli hodisot kuzatildi. Gambiya milliy jamoasining Kot-d`Ivuar tomon parvozi fojia bilan yakunlanishiga sal qoldi...

Salondagilar nafas ololmay, hushdan ketishdi. Samolyot havoga ko‘tarilgach, Gambiya milliy jamoasi delegasiyasining bir qator vakillari kislorod yetishmasligi ortidan hushdan ketishdi. 9 daqiqalik parvozdan keyin ekipaj samolyot nosoz ekanligini tushundi va uni shoshilinch tarzda orqaga qaytardi. Ba’zi manbalarda yozilishicha, muammo samolyot o‘lchami juda kichikligidan kelib chiqqan. Gambiya futbol federasiyasi esa bu borada aniq izoh bergani yo‘q: «Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, salonda bosim va kislorod birdan yo‘qolgan. Parvozni amalga oshiruvchi kompaniyaning texnik guruhi vaziyatni o‘rganishda davom etmoqda. Samolyot bortida bo‘lgan barcha passajirlar tirik va sog‘-salomat. Tezkor yechim ustida ishlayapmiz».

Yakunda mamlakat prezidenti vaziyatga aralashib, Yamusukro shahriga charter reys uyushtirdi. Aslida gambiyaliklar birinchi o‘yin manziliga Abidjan orqali borishni rejalashtirishgandi. Belgiyalik jurnalist Sasha Tavolyeri hamyurti, Gambiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tom Saintfit bilan bog‘langanida, u voqelikni qisqacha tavsifladi: «Qandaydir telbalik! Parvoz yana 30 daqiqa davom etganida, hamma hayotdan ko‘z yumardi». Murabbiy keyinroq Nieuwsblad nashri vakillari bilan suhbatda biroz batafsilroq gapirdi: «Hammamiz o‘lishimiz hech gap emasdi. Birdan uxlab qoldik, go‘yo. Jumladan, men qisqa-qisqa tushlarda hayotim qanday o‘tganini ko‘rdim. 9 daqiqadan so‘ng uchuvchi qaytishni lozim topdi, chunki salon kislorod ta’minotidan butunlay uzilgandi. Ba’zi futbolchilar samolyot yerga qo‘nganidan keyingina uyg‘onishdi. Qisqasi, oksid gazi bilan zaharlanishimizga oz qoldi. Agar parvoz yarim soatga cho‘zilganida, hammamiz hayotdan ko‘z yumardik».

Gambiya termasi AMKga borishdan oldin mashg‘ulotlarga boykot e’lon qilgandi. O‘zi gambiyaliklarning Afrika Millatlar kubogiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida birin-ketin muammolarga duch kelishdi. Deylik, ular Saudiya Arabistonida tashkillashtirilgan turnirga borishlari kerak edi. Bunda jamoa Istanbul - Kasablanka reysi orqali ortga qaytish va keyin Kot-d`Ivuarga yo‘l olishni rejalashtirgandi. Biroq murakkab yo‘lning so‘nggi qismi oldidan jamoa futbolchilari samolyotga chiqishdan bosh tortishdi. Ularga qit’a chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun beriladigan mukofot puli miqdori yoqmadi. Shu tariqa mahalliy futbol federasiyasi bilan bonus masalasida tortishuvlar boshlandi. Bu muammo hal qilingan-qilinmagani haqida ma’lumot yo‘q, lekin jamoa to‘liq tarkibda yo‘lga tushgandi. Mana, endi parvoz davomida yangi sarguzasht...

Bir necha oy ichida ikkinchi marta dahshat... Gambiya milliy jamoasi 10 sentyabr kuni Marrakesh shahrida Afrika kubogi saralash doirasida Kongo termasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. 9 sentyabrga o‘tar kechasi esa Marokashning ushbu shahri yaqinida 6,8 magnitudali zilzila kuzatildi. Oqibatda kamida 2946 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 5,5 mingdan ortiq odam turli darajada jarohatlandi. «Avvaliga kimdir xonam eshigini taqillatayotgandek tuyuldi, - deya voqeani bayon etgandi murabbiy Saintfit. - Ke­yin samolyot qulagani o‘yladim beixtiyor. Chunki aeroport yaqinidagi mehmonxonaga joylashgandik. Afsuski, hammasi yanada qo‘rqinchli bo‘lib chiqdi. Chindan ham, o‘ta qo‘rqinchli. Hattoki, devor darz ketdi, shiftdan nimalardir tushdi. Yaqindagina Turkiyadagi kuchli zilzilani boshdan kechirgan ba’zi futbolchilar o‘zlarini qo‘yarga joy topolmadilar. G‘alati holat. To‘g‘ri, biz vaziyatni nazorat qilish va ijobiy muhitni saqlab qolishga urinyapmiz».

50 yoshli Saintfit - jahongashta murabbiy

Gambiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tom Saintfit butun faoliyatida dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqda. 50 yoshli mutaxassis bunga qadar Farer orollari, Qatar, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya, Namibiya, Zimbabve, Iordaniya, Efiopiya, Nigeriya, Tanzaniya, Yaman, Malavi, JAR, Togo, Bangladesh, Trinidad va Tobago hamda Maltada ishlashga ulgurgan. Lekin 2018 yildan buyon Gambiya termasini shug‘ullantirayotgan belgiyalik hozirgi fao­liyatini hech qachon unutmasa kerak.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:25, 20.01.2024.
O'qildi: 2626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.