Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ravshan Ermatov: «Eng asosiy maqsadimiz — Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish»

Ravshan Ermatov: «Eng asosiy maqsadimiz — Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ilarini boshladi. Vakillarimiz fevral oyida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazadi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov bosh murabbiy Midori Honda bilan futbolchilarning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashdi. Ayollar terma jamoasi oldida juda muhim vazifa turganini ta’kidlab, bu yo‘lda O‘FA tomonidan barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qildi.

"Eng asosiy maqsadimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish. Buning uchun munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Avstraliyani mag‘lub etishga sizning kuchingiz yetadi. Jamoa avvalgi uchrashuvlarda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsata oldi. Butun diqqat-e’tiborimizni ushbu bahsga qaratishimiz shart. Sizga butun O‘zbekiston ishonyapti va umid qilyapti. Sizlar ko‘plab yosh qizlarga sport bilan shug‘ullanishda o‘rnak bo‘lyapsiz. Tarix yozish vaqti keldi" – dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv yakunida O‘FA birinchi vise-prezidenti bo‘lajak o‘yinlarda jamoaga omad tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:45, 21.01.2024.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик