Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sergey Milinkovich-Savich Rimga qaytishni xohlayapti

Sergey Milinkovich-Savich Rimga qaytishni xohlayapti

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich tez orada 2015 yildan 2023 yilgacha o‘ynagan "Lasio" klubiga qaytishni istaydi.

Yozda serb poytaxt klubini tark etib, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va u yerda yiliga 25 million yevro maosh oladigan bo‘ldi.

Il Messaggero xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta Milinkovich-Savich Italiya Superkubogi uchun kelgan "Lasio" futbolchilarini Ar-Riyod ayeroportida kutib oldi.

28 yoshli serb o‘z sheriklariga ularni juda sog‘inganini va qaytishni istayotganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Milinkovich-Savichning “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2026-yilgacha amal qiladi. Yozda klub futbolchi uchun 40 million yevro tovon puli to‘lagan.

Kiritildi: 13:52, 22.01.2024.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.