"Betis" hujumchisi Borxa Iglesias "Bayer"ga o‘tishga yaqin.
Muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda - kelishuv chorshanba kuniyoq kelishib olinishi mumkin, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Leverkuzen klubi 31 yoshli futbolchini keyinchalik 8 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga oladi.
Ispaniyalik futbolchining o‘zi ham o‘zini Xabi jamoasida sinab ko‘rmoqchi.
Borxa Iglesias joriy mavsumda “Betis” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xabaringiz bor, “Bayer” hujumchini jarohat olgan Viktor Bonifasening o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.