Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sunnatilla Abdullajonov: «Bu yil ham o‘tgan yilgi tempni tushirmasdan yanada yuqori pog‘onalarni egallashni maqsad qilganmiz»

Sunnatilla Abdullajonov: «Bu yil ham o‘tgan yilgi tempni tushirmasdan yanada yuqori pog‘onalarni egallashni maqsad qilganmiz»

Baho:
+ | -

Kuni kecha iqtidorli futbolchi Sunnatilla Abdullajonov "Andijon" bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. Bu yil 28 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Sunnatilla, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Shartnoma imzolangach, qanday hissiyotlarni kechirmoqdasiz?
— Avvalo, jamoa rahbariyatiga hamda murabbiylar shtabiga menga ishonch bildirib, jamoaga taklif qilishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Shartnoma imzolaganimdan keyin hissiyotlar zo‘r, albatta xursandman. Oldimizda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bor. Mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tkazib, tezroq chempionat boshlanishini kutyapman. Xudo xohlasa, yangi mavsumda muxlislarni albatta xursand qilamiz.

— Bu taklif sizga ko‘proq nimasi bilan yoqdi?
— «Andijon» klubi begona bo‘lmaganligi uchun uning muxlislarini yaxshi bilamiz. O‘yinlar chog‘ida stadionda qanaqa muhit hukm surishidan xabardormiz. Bunday muhitda to‘p surish hamma futbolchi uchun yoqimli. Bosh murabbiyning shaxsan o‘zi taklif qilib, ishonch bildirgani uchun «Andijon» jamoasi bilan shartnoma imzolashga qaror qildim.

— Andijonlik muxlislar sizni yaxshi eslashadi. 2018 yilgi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilgansiz. 5 yildan so‘ng yana qaytdingiz. Jamoada eski do‘stlaringizdan kimlarni ko‘rdingiz?
— 2018 yilda o‘ynab, 5 yildan keyin qaytganim va bu yerda tanish futbolchilar borligini ayta olaman. Jamoamiz sardori Ildar Mamatkazin va yana ko‘plab o‘yinchilar bilan birga o‘ynaganmiz, juda yaxshi tanishmiz. Shu tomonlaridan ham menga oson bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki bunday jarayonda klubga kirishib ketish va moslashish holati tezroq o‘tadi. Albatta, bu narsa foydamga bo‘ladi, deb umid qilaman.

— Klubda qaysi raqamni tanladingiz va nima uchun?
— Bu mavsumda men uchun 11-raqamni tanladim. Chunki 2018 yili «Andijon»da to‘p surganimda ushbu raqamda o‘ynaganim uchun ham bu safar yana 11 ni tanladim.

— «Andijon» bilan o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?
— O‘tgan mavsumda ko‘rdikki, «Andijon» barcha klublarga, ayniqsa, yuqori o‘rinlardagi jamoalarga haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘ldi. Bu yil ham o‘sha tempni tushirmasdan yaxshi raqobat ko‘rsatib, yanada yuqori pog‘onalarni egallashni maqsad qilganmiz.

— Andijonlik muxlislarga qanday gapingiz bor?
— Boya aytib o‘tganimdek, jamoa muxlislari stadionda boshqacha muhitni yarata oladilar va «Andijon»ni 90 daqiqa faol tarzda qo‘llab-quvvatlab turadilar. Ishonamanki, yangi mavsumda ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Ular bizni qo‘llab turishdan charchashmasin va bu bizga qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Ularni albatta xursand qilamiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 10:08, 25.01.2024.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.