Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Osiyo kubogi-2023da ilk sensasiya. Tojikiston penaltilar seriyasida BAAni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Osiyo kubogi-2023da ilk sensasiya. Tojikiston penaltilar seriyasida BAAni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Baho:
+3 | -2

O‘z tarixida ilk marta Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Tojikiston terma jamoasi dastlabki sensasiya muallifiga aylandi. Qo‘shnilarimiz nimchorak finalda Birlashgan Arab Amirliklarini mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Bahsning 30-daqiqasida Vahdat Xanonov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. BAA terma jamoasi esa 90+5-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chirdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda tomonlar nisbatan ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi va hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa omad Tojikistonga kulib boqdi. Darvozabon Rustam Yatimov bitta zarbani qaytargan bo‘lsa, BAA darvozaboni 5 ta penaltida birortasini qaytara olmadi.

Penaltilar seriyasida Tojikiston 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Qo‘shnilarimiz bu bosqichda Iroq-Iordaniya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo kubogi-2023. 1/8 final
TOJIKISTON - BAA - 1:1 (1:0)
Qo‘shimcha bo‘limlar - 0:0. Penaltilar seriyasi — 5:3.
Gollar: Vahdat Xanonov (30) — Xalifa al-Hammadiy (90+5)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:08, 29.01.2024.
O'qildi: 6555 marta.
Fikrlar: 175 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик