Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Kloppning "so‘nggi raqsi" davom etadi: "Liverpul" bugun "Chelsi"ni mehmon qiladi

Kloppning "so‘nggi raqsi" davom etadi: "Liverpul" bugun "Chelsi"ni mehmon qiladi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp "Liverpul"ni mavsum oxirida tark etadi. Ammo u ketishidan oldin o‘z jamoasiga iloji boricha ko‘proq titul keltirishi kerak bo‘ladi. Fevraldagi Angliya liga kubogi finali oldidan "Chelsi" yana bir bor mersisaydliklarga to‘qnash kelmoqda.
Bu juftlikning ligadagi so‘nggi 7 ta bahsi durang bilan tugagan. Ularning so‘nggisi joriy mavsumning ilk turida yuz bergan edi. "Chelsi" 2014 yildan beri "Liverpul" maydonida faqat bir bor g‘alabaga erisha olgan xolos. Mezbonlar esa 2022 yilning oktyabr oyidan beri hali o‘z uyida mag‘lub bo‘lmadi. Quyida bo‘lajak bahsga doir ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Jamoalar sport formalari haqida

"Liverpul" barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda, so‘nggi 10 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Ular ichida "Arsenal", "Nyukasl" hamda "Fulxem"ga qarshi g‘alabalar bor. Mersisaydliklar o‘z uyida so‘nggi 12 ta bahsda 2 va undan ko‘p gol urgan. "Chelsi"da esa bu borada muammolar bor. Masalan, Pochettino jamoasi oxirgi marta Mersisaydda "Everton" tomonidan alamli mag‘lubiyatga uchratilgan edi.

Tarkibdagi yo‘qotishlar

Endi Robertson "Norvich"ga qarshi kubok o‘yinida oktyabr oyidan beri ilk bor maydonga tushgandi. Trent Aleksander-Arnold va Aleksis Makallisterlar ham jamoaga yordam bera oladi. Ular qisqa muddatlik jarohatlarga uchragandi. Muhammad Saloh esa terma jamoasidan jarohat bilan qaytdi. U bir oycha "Liverpul"ga yordam bera olmaydi. Shuningdek, asosiy tarkib vakillaridan yarim himoyachi Vataru Endo yo‘q. U Osiyo kubogida Yaponiya terma jamoasi bilan ishtirok etib turibdi.
"Chelsi" tarkibiga Nkunku va Malo Gyustolar qaytdi. Ular qaydnomaga kirishi mumkin. Kichik jarohatiga qaramasdan, Ben Chilvell va Karni Chukvuemeka ham o‘yinga tayyor bo‘ladi. Jarohati sababli Kolvill, Kukurelya, Chaloba, Fofana, Laviya, Jeyms, Sanches va Ugochukvular Pochettinoga yordam bera olmaydi.

Murabbiylar nima deydi?

Klopp "Chelsi"ning uslubi va yaqin oradagi natijalari haqida shunday deydi: "Ularning darajasi yaxshilanib bormoqda. Yaqin oradagi o‘yinlarda "Chelsi" g‘alabaga erishdi. Bu raqibga birinchi turdayoq to‘qnash kelgan edik. O‘shanda ular bizdan yaxshiroq harakat qilgan edi. Ha, ularda jarohatlar ko‘p. Ammo hozirgi tarkibi ham ancha xavfli. Shaxsan men, "Chelsi"ning natijalari o‘nglanishiga ishonaman. Ammo bu voqea bizning o‘yinimizdan keyin bo‘lgani ma’qulroq".
Pochettino ham Klopp va uning jamoasi haqida fikr bildirib o‘tdi. U shunday deydi: "Men Kloppning ketishini eshitib xafa bo‘ldim. Uni sog‘inib qolamiz. Umid qilamanki, u tez orada yana boshqaruvga qaytadi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, men faqat g‘alabani xohlayman. Bizda hozir hujumchi muammosi mavjud. Ammo hozirgi futbolchilar bilan ham raqibni yengishga qodirmiz deb bilaman".

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Chelsi" o‘rtasidagi bahs 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 1:15 da start oladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 31.01.2024.
O'qildi: 1567 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.