«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes Angliya chempionatining 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (4:1) gol urish borasida omadsizlikka uchradi.
Urugvaylik futbolchi tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida to‘p raqib darvozasi to‘sin va ustunlariga naq 4 marta tegdi. Hatto penalti zarbasidan keyin ham to‘p ustunga tegib qaytdi.
Ushbu statistika yuritila boshlangan mavsum-2003/04dan berib APLning bir o‘yinida bir futbolchi to‘sin va ustunlarni 4 marta nishonga olgan holat ilk marta yuz berdi.