Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Gruziyalik futbolchi Angliya klubining to‘laqonli futbolchisiga aylandi

Gruziyalik futbolchi Angliya klubining to‘laqonli futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

"Uotford" "Genk"dan yarim himoyachi Giorgi Chakvetadzeni 2,5 million yevro evaziga sotib olganini e’lon qildi.

Gruziyalik futbolchi joriy mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Uotford"da o‘tkazdi. Futbolchini ingliz klubi to‘laqonli ravishda sotib oldi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt Chakvetadzeni 2 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi 25 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chakvetadze 2023 yilning iyunida Tbilisining "Dinamo" jamoasidan "Genk" klubiga o‘tgan edi. Transfer summasi 1,5 million yevroni tashkil qilgandi.

29 o‘yindan so‘ng "Uotford" 41 ochko bilan Chempionshipda 9-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:14, 02.02.2024.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик