Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

APLda birinchi ayol hakam. U kim?

APLda birinchi ayol hakam. U kim?

Baho:
+ | -

APL 18-turidan o‘rin olgan «Fulxem» - «Bernli» (0:2) o‘yini uncha yorqin chiqmadi, lekin bu bahsning Angliya futboli tarixidan joy olishi aniq.

Chunonchi, mamlakat chempionati elit ligasi o‘yinini ilk marta ayol hakam boshqardi. Muhimi, 40 yoshli Rebekka Uelch xonim xotirjam holda munosib ishlab, rahbariyat ishonchini oqladi.

Kim u?

Rebekka Uelch - sobiq futbolchi. To‘g‘ri, Angliya futbolidagi birinchi ayol hakam universitet jamoalaridan yuqoriga ko‘tarilmagan. Oddiy ifoda etganda, u futbolga professional ish emas, shunchaki, xobbi sifatida qaragan. Umuman, Uelch xonim  uzoq vaqt Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ma’muriyatida faoliyat yuritgan. 2010 yili esa hakamlik bilan shug‘ullanuvchi do‘sti bilan tortishuvdan ke­yin qo‘liga hushtak olishga qaror qiladi. Ya’ni yangi sohani o‘zlashtirishga astoydil bel bog‘lab, maxsus kurslarda tahsil ola boshlaydi. «Ha, vaqtida o‘zim ham maydonda chopganman, ammo hakamlik haqida sira o‘ylamagandim, - deya xotirlaydi Uelch xonim. - Bir safar jamoamiz ishtirokidagi o‘yinnni qalin do‘stim bosh­qardi. Biroq uning har bir qarori meni g‘azabga to‘ldirdi. Qisqasi, butun o‘yin davomida do‘stim bilan tortishishdan bo‘shamadim. Ba’zi vaziyatlarda hattoki, qanday hakamlik qilishi kerakligini o‘rgatmoqchi bo‘ldim. Tabiiyki, bundan jahli chiqdi va o‘shqirdi: «Hakamlik shunchalik oson ekan, marhamat, o‘zing­ni sinab ko‘r». Shu tariqa o‘zimni sinab ko‘rdim va hakamlik yoqib qoldi. Mana, endi shu soha vakilasiman».

Ko‘tarilish jarayoni

Tabiiyki, Uelch ishni havaskorlar ligasida boshladi va asta-sekin yuqoriga ko‘tarildi. Jumladan, Sanderlendda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan Rebekka professional futbolga kirdi. Bunda avvaliga ayollar o‘rtasidagi mahalliy liga bahslarida tajriba oshirdi. Angliyalik xonim 2023 yilga kelib, Avs­traliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qilgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati hakamlari qatoridan joy oldi. Mundialga UYEFA hakamlari elit guruhi a’zosi sifatida borgan Rebekka 3ta o‘yinda ishladi. Asosiysi, uning hakamligi hech qanday savol tug‘dirgani yo‘q.

Erkaklar futboli tomon yurish

«Fulxem» - «Bernli» qarama-qarshiligi Uelch uchun erkaklar futbolidagi debyut o‘yin emas. U o‘tgan yilning yanvar oyida Angliya professional ligalarida ishlagan birinchi ayol hakam bo‘ldi. Rebekka o‘shanda «Birmingem» - «Preston» uchrashuvini boshqargandi. Joriy mavsumga kelsak, u APLga qadam bosishiga qadar sentyabrdan buyon 8ta o‘yinda ishladi - Chempionshipda 4ta, Birinchi ligada 3ta va To‘rtinchi divizionda 1ta bahsni boshqarib bordi. Noyabr oyida esa APL Uelch xonimni ilk marta elit divizion o‘yini («Fulxem» - «MYU»)ga jalb etdi to‘rtinchi hakam sifatida. Mana, qahramonimiz oradan ko‘p o‘tmay, bosh hakam rolida ham salohiyatini sinab ko‘rishga ulgurdi.

Qo‘llab-quvvatlov

APL rahbariyatida hamma Uelchni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda: «Agar professional bo‘lsa, jinsi muhim emas». Umuman, butun Angliya­da ayol referiga munosabat juda yaxshi. Deylik, PGMOL (Angliya futboli hakamlik korpusi) Rebekkani chin in­qilobchi sifatida maqtamoqda: «Uelch ko‘plab odamlar uchun orzuga erishish yo‘lida katta eshik ochdi - bu aql bovar qilmas voqelik. Hakamlar sektori hamisha xilma-xillikka intiladi. Rebekkada imkoniyat tobora ortib borayotgani ham ichki strategiyamiz loyihasiga to‘liq mos keladi». Aytgancha, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Rebekka Uelchning APL o‘yiniga tayinlash qarorini alohida olqishladi: «Ajoyib g‘oya, bu qadam shaxsan menga yoqdi. Umid qilamanki, kelajakda ayol hakamlar soni oshib boradi». «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau esa buni «APL hayotidagi buyuk lahza» qabilida baholagan bo‘lsa, «Kristal Pelas» ustozi Roy Xojson «Uelch - qaldirg‘och» iborasini tilga oldi. Mikel Arteta («Arsenal») ham bu harakat zaruriy yurish ekanligini qayd etdi. «Angliya futboli tarixidagi muhim voqea, - degandi «Bernli» bosh murabbiyi Vinsent Kompani o‘yindan oldin. - O‘ylaymanki, shogirdlarim jinsi tufayli Rebekkaga boshqacha qarashmaydi. Agar professional darajada ishlaydigan bo‘lsa, jinsi hech kimni xavotirga solmasligi kerak». Maurisio Pochettino ham mamnun va Rebekkaning APLga qadam bosishini Stefani Frappar bir necha yil avval Fransiya futboliga bosh suqqani bilan solishtirdi. Ma’lumot uchun, fransiyalik xonim Qatardagi jahon chempionatida ishlashga ham ulgurdi, qolaversa, CHL o‘yinlarini faol boshqarmoqda. Xullas, Uelch uchun ajoyib marra!

Rebekka Uelch APLdagi debyut o‘yini davomida 22ta qoidabuzarlik qayd etish barobaridan 3 marta sariq kartochka ko‘rsatdi - Kalvin Bessi («Fulxem»), Joau Palinya («Fulxem») va Jordan Bayer («Bernli»)ga. Asosiy fakt: 90 daqiqa davomida hakamlik masalasida biror bahsli vaziyat yuzaga kelmadi. Bunisi APL uchun chinakam yutuq.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:13, 03.02.2024.
O'qildi: 1346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.