Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

FIFA: O‘zbekiston FIFA Forward dasturini tatbiq etish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

FIFA: O‘zbekiston FIFA Forward dasturini tatbiq etish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA Forward dasturini hayotga tatbiq etish bo‘yicha FIFAga a’zo mamlakatlarning natijalari e’tirof etildi.

Mazkur dastur ko‘magida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlash, turli yosh toifasidagi milliy terma jamoalarni rivojlantirish dasturi jadal olib borilmoqda.

FIFA yoshlarimizning U-20 va U-23 Osiyo Kubogi, FIFA U-17, FIFA U-20 Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokini qayd etib o‘tdi. Bu — o‘zbek futbolini rivojlantirishning ulkan strategiyasidan darak bermoqda. O‘z o‘rnida mamlakatda «Maktabda futbol» va FIFA Forward rivojlanish dasturi faol tatbiq etilgan, deyiladi tashkilot xabarida.

Qayd etilishicha, 2016-2023 yillar davomida FIFA Forward dasturining moliyaviy ko‘magi asosida bir nechta loyihalar amalga oshirildi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan milliy terma jamoalar uchun baza tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun FIFAga ariza topshirilgan. Toshkent viloyatida joylashgan Milliy terma jamoalar markazi loyihasi — mamlakat futbolining kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun kalit bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha doirasida xalqaro standartlarga javob beradigan mashg‘ulot maydonlarini (2 gibrid va 2 sun’iy maydon) yaratish, erkaklar va ayollar terma jamoalarining yig‘inlarini o‘tkazish uchun Milliy markazini rekonstruksiya qilish, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash, infratuzilmani optimallashtirish maqsad qilingan.

Milliy markazni xalqaro standartlar asosida tashkil etish jarayoni quyidagicha davom etmoqda:

1-bosqich – Drenaj, sug‘orish tizimi va to‘rtta maydon qurish
2-bosqich – Stadion binosi va tribunalarini rekonstruksiya qilish
3-bosqich – asosiy stadion uchun projektorlar o‘rnatish
4-bosqich – O‘zbekiston jamoalari uchun mehmonxona bunyod etish.

FIFAning Osiyo va Okeaniya bo‘yicha mintaqaviy direktori Sanjivan Balasingam bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

«O‘zbekiston Markaziy Osiyoda futbolni rivojlantirish borasida yetakchilik qilmoqda, FIFA Forward tomonidan mamlakat infratuzilmasiga sarmoyalar kiritmoqda. Mamlakat ko‘plab futbol assosiasiyalari bilan tajriba va bilim almashish yuzasidan seminarlar tashkil etmoqda. Yirik turnirlar, xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishda namuna bo‘lmoqda. Bu sa’y-harakatlar albatta O‘zbekiston terma jamoalarining o‘yinlarida ham ijobiy aks etayotgani quvonarli», — deya ta’kidladi Sanjivan Balasingam.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:18, 05.02.2024.
O'qildi: 1876 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.