Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Sevilya»ning dahshatli qulashi

«Sevilya»ning dahshatli qulashi

Baho:
+ | -

2019-2022 yillar oralig‘ida «Sevilya» oxirgi 65 yil ichida qatorasiga 3 marta La Liganing yetakchi kvartetidan joy olgan va Yevropaning nufuzli klublari qatorida edi.

Jamoa transfer bozorida aql bilan ish tutib, tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflash o‘rniga, asosiy e’tiborni tarkibdagi o‘yinchilar saviyasini oshirishga, daromad manbai bo‘lgan akademiyaga qaratardi.

Biroq jamoani zukkolik bilan boshqarib turgan sport direktori Ramon Monchi o‘tgan yil yozida «Pisxuan»dagi ikkinchi faoliyatini yakunlab, «Aston Villa»ga o‘tib ketdi. Undan tobora keksayib borayotgan, samaradorligi past va katta ish haqi oladigan tarkib meros bo‘lib qoldi. jamoaning hozirgi holati yanada achinarli. Muxlislar «Sevilya»ning Segundaga tushib ketishidan xavotirdalar.

Mavsumning 22-turi ham o‘tdiki, jamoa 11ta o‘yinda imkoniyatni boy berib, atigi 3 uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan va tabiiyki, autsayderlarga qo‘shni bo‘lib kelmoqda. 22-turdan keyin 17 ochko jamg‘argan «Sevilya» hozirda 4-eng yomon natija muallifi. Olis 1967|68 yillar mavsumida 20ta o‘yinda 13 ochko to‘plagan va yakunda elitani tark etgandi.

Jamoaning muammolari 2019 yilda, Monchi «Roma»dagi omadsizlikdan keyin qayt­ganida boshlandi. U «Sevilya»ni g‘oliblikka da’vogarlar safiga olib chiqishni mo‘ljallagandi. Biroq mutasaddilar asosan faoliyati yakuniga yetib borayotgan yoki boy tajribasi bilan maqtana oladigan o‘yinchilarni jalb etishgan intilishdi.

Monchi o‘zi shakllantirgan jamoani tubdan o‘zgartirishga kirishdi, «Sevilya» qisqa muddatli muvaffaqiyatga intila boshladi. Natijada Fernando, Lyuk de Yong, Ivan Rakitich, Alexandro Gomes, Markos Akunya, Tomas Dileyni, Xesus Korona, Antoni Marsyal, Aleks Telles, Isko va Erik Lamelalar 2019-2022 yillarda tarkibdan joy oldilar. Ularning ayrimlari o‘yinni kuchaytirdilar. Lekin o‘sha xaridlarning ko‘pchiligini o‘rinsiz yoki omadsiz deyish mumkin.

Ehtimol, Xulen Lopetegining yuksak malakasi u yaratgan ishonchli himoya chizig‘i tufayli «Sevilya» asli holidan ko‘ra saviyaliroq ko‘ringandir. Darhaqiqat, 2020|21 yillar mavsumida jamoa qaddini tiklab oldi, keyin «Real» uchun asosiy raqobatchi maqomiga ko‘tarildi. Jyul Kunde - Diyego Karlos juftligi Yevropaning eng yaxshi markaziy himoyachilari safidan joy olishdi. Shuningdek, darvozabon Yosin Bunu ishonch­li harakat qilgandi.

2019 yil avgustidan 2022 yil iyuniga qadar top-ligalar beshligida 32ta jamoa «Sevilya»dan ko‘proq gol urgandi. Bundan tashqari, o‘sha 3 yil ichida faqat «Real» (84), «PSJ» (88), «Manchester Siti» (93) va «Atletiko» (95) «Sevilya»ga nisbatan (97) kamroq to‘p o‘tkazib yuborishgan. O‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlash borasida Lopetegi jamoasi (51) faqat «Manchester Siti» va «Real»dan ortda qolgandi.

Biroq qachondir Kunde va Karlos jamoani tark etishsa, ularning o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmasligi avvaldan ma’lum edi. Darhaqiqat, 2022 yil yozida ishonchli juftlikdan judo bo‘lgan jamoada parchalanish boshlandi. Himoya chizig‘idagi zaiflikni hujumkorlik salohiyatini oshirish bilan qoplash rejasi samara bermadi. «Sevilya»ga ijara shartnomasi asosida kelgan Kasper Dolberg birorta gol ura olmagach, 2022 yil dekabrida kelishuv bekor qilindi. Isko esa Monchi bilan kelisha olmay, dekabrda jamoani tark etdi. o‘sha yilning yozida kelgan Adnan Yanuzay hanuzgacha birorta gol ura olgani yo‘q. Mish-mishlarga ko‘ra, klub u uchun boshqa variantlarni izlamoqda, lekin hozircha bir to‘xtamga kela oladi.

Jamoadagi qayta qurish jarayoni 2022|23 yillar mavsumining ayanchli starti bilan nihoyasiga yetdi. Dastlabki 10 uchrashuvdagi yagona g‘alaba Lopetegining iste’fosi bilan intiho topdi. Uning o‘rnini egallagan Xorxe Sampaoli ham vaziyatni o‘zgartira olmadi. Uning injiq fe’l-atvori va taktik g‘oyalariga o‘yinchilar ko‘nika olmadilar. Yangi bosh murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatilgan 2023 yilning martida «Sevilya»ni autsayderlar guruhidan atigi 2 ochko ajratib turardi. Sampaoli o‘rniga shoshilinch suratda olib keligan Xose Luis Mendilibar jamoani elitada saqlab qolishdan tashqari, YELda shohsupaga olib chiqish bilan chinakam mo‘’jizani namoyish etdi.

Lekin 2023 yil sentyabrida jamoa mo‘’jiza muallifi bilan xayrlashdi. Sababi - Mendilibar shogirdlari yangi mavsumdagi dastlabki 11 uchrashuvda atigi 2 marta o‘z muxlislarini g‘alaba bilan xushnud etishgandi. Oktyabr oyida bosh murabbiy lavozimiga Diyego Alonsoning tayinlanishi ajabtovur qaror bo‘ldi. Klub miqyosidagi so‘nggi faoliyatida «Inter Mayami» yaxshi taassurot qoldira olmagan Alonso Qatar mundialida Urugvayni guruhdan olib chiqa olmadi. Ayni o‘sha pallada «Sevilya»ning direktorlar kengashi va «Lids»dan taklif etilgan yangi sport direktori Viktor Orta murabbiy masalasida nizo yuzaga keldi.

Klub prezidenti Xose Kast­ro va vise-prezident Xose Mariya del Nido Karrasko ham Alonsoni shubhalanib qabul qilishdi. Tez orada xavotir bejiz emasligi ayon bo‘ldi. Diyego Alonso La Liga doirasida birorta g‘alabaga erisha olmadi. U o‘zining dast­labki 8ta o‘yinida g‘alaba qozona olmagan ikkinchi bosh murabbiy sifatida klub tarixidan joy oldi. Shuningdek, La Liga tarixida dastlabki 4 bellashuvda durang bilan kifoyalangan ikkinchi murabbiy bo‘ldi.

Navbatdagi murabbiylik tanlovi uzoqqa cho‘zilmadi - Diyego Alonso o‘rnini Kike Sanches Flores egalladi. Imkoniyati cheklanib qolgan jamoa tavakkal qilishga majbur bo‘ldi. Har holda, yangi murabbiy Ispaniyada ishlash tajribasiga ega edi. Xullas, unchalik yoqimli bo‘lmagan sayohat bilan shu kunlarga yetib keldik. Hozir «Sevilya» turnir jadvalida quyi divizionga nomzod jamoalar safida bormoqda. Hatto o‘ta optimistik ruhdagi muxlislar ham jamoa faqat elitadan tushib ketmaslik, 24 yil avvalgi sharmandalik takrorlanmasligi umidida to‘p surayotganligini tushunib turishgan. La Liga vakillari orasida 2022|23 yillar mavsumidan shu paytgacha faqat «Almeriya» (47), «Kadis» (58) va «Selta» (60) jamoalari «Sevilya»ga (66) nisbatan kamroq ochko jamg‘arishgan. Joriy mavsumda jamoa yana asosiy e’tiborni yosh iqtidorlarga qaratmoqda. Bu jamoaning ongli ravishdagi tanlovi emas, balki vaziyat taqozosi. Hozir «Sevilya» qandaydir chora,tadbirlar uchun moliyaviy qudratini saqlab qolish maqsadida tajribali o‘yinchilarni sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Ehtimol, jamoa shu yo‘l bilan mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, ispan futbolining cho‘qqisi tomon intilish niyatidadir. Biroq hozirgi vaziyatni inobatga olganda, «Sevilya»ning asl holiga qaytishi pastga sho‘ng‘ish tezligidan ancha past bo‘lishi, ya’ni, tiklanish davri bir necha yillarga cho‘ziladigandek tuyulmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:34, 06.02.2024.
O'qildi: 1642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.