Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon 3-0 Navbahor
26/06 20:00 Metallurg 0-0 Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya 1-1 Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina 0-0 Belgiya
27/06 00:00 Chexiya 1-2 Turkiya
27/06 00:00 Gruziya 2-0 Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador 3-1 Yamayka
27/06 06:00 Venesuela 1-0 Meksika
27/06 20:00 Neftchi 1-1 Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor 1-0 Bunyodkor
28/06 03:00 Panama - AQSh
28/06 06:00 Urugvay - Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona - Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum - OKMK

Xoland va Bellingem "Oltin butsa" uchun kurashda mag‘lub bo‘lishyapti

Xoland va Bellingem "Oltin butsa" uchun kurashda mag‘lub bo‘lishyapti

Baho:
+ | -

“Oltin butsa” futboldagi kam sonli ob’ektiv mukofotlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu eng mashhur futbolchiga emas, UEFAga a’zo mamlakatlarning eng yaxshi to‘purariga berilgani uchun. Mezonlar iloji boricha aniq va tushunarli: faqat milliy chempionatlarda bir mavsum davomida kiritilgan gollar va turnirning qiyinlik koeffisiyenti hisobga olinadi.

Ilgari, 1996/1997 yilgi mavsum oldidan ballarni hisoblash tizimi boshqacha edi. Har bir gol uchun reytingning barcha ishtirokchilari bir ochko bilan taqdirlanardi. Ammo keyin usul o‘zgartirilib, chempionat qiyinligining yana bir omili qo‘shildi, chunki Premyer-ligada 20 ta gol urish va Daniyada shuncha gol urish bir xil narsa emas. 2019/2020 yilgi mavsumdan boshlab yana bir qoida qo‘shildi: agar ikki yoki undan ortiq o‘yinchi mavsumni bir xil miqdordagi ochko bilan yakunlasa, u holda maydonda eng kam vaqt o‘tkazgan futbolchi mukofot oladi.

Qiziqarli faktlar:

"Oltin butsa"ning birinchi g‘olibi portugaliyalik Eysebio bo‘lgan - 1967/1968 yilgi mavsumda u 42 ta gol urgan;

Lionel Messi eng ko‘p sovringa ega - oltita. Ikkinchi o‘rinda to‘rtta butsa bilan Krishtianu Ronaldu. Kuchli o‘ntalikdagi qolgan futbolchilar ikkitadan mukofotga ega bo‘lib, ular orasida Robert Levandovski, Luis Suares, Dudu Georgesku va Alli Makkoist bor;

Sovrin tarixida eng ko‘p gol urgan Messi - 2011/2012 yilgi mavsumda u 50 ta gol urib, 100 ochko to‘plagan;

Portugaliyaliklar eng ko‘p “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan – sakkizta. Ammo ligalar bo‘yicha Ispaniya birinchi o‘rinda (15 ta g‘olib);

O‘tgan yili ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan Erling Xoland Ronaldudan keyingi eng yosh “Oltin butsa” sohibi bo‘ldi.

Joriy mavsum reytingi qanday ko‘rinishga ega?

Xarri Keyn “Bavariya” safida 24 ta gol bilan birinchi o‘rinda – 48 ochkoga ega. Keyingi o‘rinda sakkiz ochko farqi bilan Kilian Mbappe turibdi, fransiyalik futbolchi Liga 1da “PSJ” safida 20 ta gol urdi.

Lautaro Martines Mbappedan atigi ikki ochko ortda qolmoqda (19 gol), uning yonida esa shtutgartlik Seru Girassi. Ammo jarohati tufayli yaxshi vaqtni o‘tkazib yuborgan Xoland joriy mavsumda 16 ta gol bilan atigi beshinchi o‘rinda bormoqda. Uning yonida bir xil gollar soni bilan Jud Bellingem (ikkalasida ham 32 ochko bor). Ularga Keynga yetib olish oson bo‘lmaydi.

Hozirda eng yaxshi 10 talik qanday ko‘rinishga ega:

Xarri Keyn (“Bavariya”) – 48 ochko (24 gol)

Kilian Mbappe (“PSJ”) - 40 ochko (20 gol)

Lautaro Martines (“Inter”) – 38 ochko (19 gol)

Seru Girassi (“Shtutgart”) - 34 ochko (17 gol)

Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 32 ochko (16 gol)

Jude Bellingem (“Real”) - 32 ochko (16 gol)

Lua Openda (“RB Leypsig”) - 30 ochko (15 gol)

Borxa Mayoral (“Xetafe”) – 30 ochko (15 gol)

Artyom Dovbik (“Jirona”) – 28 ochko (14 gol)

Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 28 ochko (14 gol).

Kiritildi: 16:28, 16.02.2024.
O'qildi: 7400 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.