Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"PSJ"ning ro‘yxatidan Reshford ham joy oldi

"PSJ"ning ro‘yxatidan Reshford ham joy oldi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano "PSJ" yozda kamida uchta yirik transferni amalga oshirishini aytdi.

Manbaga ko‘ra, klub bu rejani dekabr oyidayoq tayyorlagan. Qayd etilishicha, ushbu mavsum yakunida "PSJ"ni tark etish ehtimoli yuqori bo‘lgan hujumchi Kilian Mbappe o‘rniga bitta top futbolchi kelishi kerak. Shuningdek, Romanoning fikricha, parijliklar klubiga top yarim himoyachi va iqtidorli markaziy himoyachi o‘tishi kerak.

Oldinroq L'Equipe nashri Mbappe "Real"ni 2024 yilning yozida Madrid klubiga o‘tishi haqida ogohlantirganini xabar qilgandi. 25 yoshli hujumchi "Real" bilan 5 yildan 6 yilgacha muddatga shartnoma imzolashi mumkin.

16 fevral kuni "PSJ" uchun asosiy variant "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Shuningdek, fransuz klubining nomzodlar ro‘yxatida "Manchester Yunayted"dan Markus Reshford va "Milan"dan Rafael Leau ham bor.

Kiritildi: 17:02, 16.02.2024.
O'qildi: 2073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик