Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Gruziya vise-chempionini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Gruziya vise-chempionini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi kecha, 15 fevral kuni Qozog‘iston chempionati sovrindori «Aktobe» klubini mag‘lub (3:1) etgan bo‘lsa, bugun Gruziya vise-chempioni «Dinamo Tblisi»ga qarshi saf tortdi.

O‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, har ikki tomon ham bahsga jiddiy munosabatda bo‘ldi. Buni har ikki tomondan ham bir nafardan o‘yinchi chetlatilganidan bilsa bo‘ladi.

Vadim Abramov shogirdlari o‘yinni hujumkor boshlab, 10-daqiqada Sanjar Shoahmedovning uzatmasidan keyin Vladimir Kozak hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada raqib o‘yinchisi tezkor qarshi hujumda Farrux Ikromovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgach, maydondan chetlatilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda yosh himoyachi Anvarjon Fayzullayev ikkinchi sariq kartochkani olib o‘yindan chetlatildi. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, ikki safar ham raqib safiga boshqa o‘yinchi tushirildi.

O‘yin davomida Gruziya chempionati kumush medali sohibidan ustunligini ko‘rsatgan Samarqand jamoasi ketma-ket ikkinchi kungi o‘yinda ham g‘alabaga erishdi.

O‘rtoqlik o‘yini. Turkiya, Belek
16 fevral (juma)
«Dinamo» (O‘zbekiston) - «Dinamo» (Gruziya) – 1:0
Gol: Vladimir Kozak, 8.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Dushan Miyich, Vladimir Kozak, Franchesko, Fransis Narx, Sanjar Shoahmedov, Xislat Xalilov, Farrux Ikromov, Kojo Joel.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Anvarjon Fayzullayev, Ulug‘bek Abdullayev, Xurshidbek Ubaydullayev, Komil Sharofutdinov, Doston Foteev, Vohidjon Oqbo‘tayev, Damir Temirov, Humoyunmirzo Iminov, Abubakr Muydinov, Anvar Hojimirzayev, Elnur Saidmuradov, Emmanuel Yagr.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:12, 16.02.2024.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик