Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Sterling "Manchester Siti"ga urgan goli haqida gapirdi

Sterling "Manchester Siti"ga urgan goli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Rahim Sterling kecha “Manchester Siti”ga qarshi kechgan Angliya chempionatining 25-tur uchrashuvida urgan goli haqida gapirdi. Uchrashuv “Etihad”da bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

“Mening golim? Albatta, gol urganimdan va jamoamga yordam berganimdan xursand bo‘ldim", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi London top-klubi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Rahim 2015 yildan 2022 yilgacha "shaharliklar" safida o‘ynagan.

25-tur natijalariga ko‘ra, "Manchester Siti" 53 ochko jamg‘arib, Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. "Chelsi"ga kelsak, poytaxtliklar 35 ochko bilan o‘ninchi pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 14:26, 18.02.2024.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.