Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Demir Imeri: «Andijon»dan qo‘ng‘iroq qilishganida u yerda o‘ynashga tayyor ekanligimni aytdim»

Demir Imeri: «Andijon»dan qo‘ng‘iroq qilishganida u yerda o‘ynashga tayyor ekanligimni aytdim»

Baho:
+ | -

Ma’lumki, qishki seleksiya chog‘ida «Andijon» tarkibiga yangi qo‘shilgan o‘yinchilar orasida makedoniyalik legioner Demir Imeri ham bor. Tajribali yarim himoyachi Antaliyada «Burgutlar» bilan shartnoma imzolagan va rasman «Andijon»ning yangi a’zosiga aylangan.

— Demir, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! O‘zbek futboli haqida nimalarni eshitgansiz?
— Avvalambor, meni juda iliq kutib olishgani uchun katta rahmat. O‘zbekistonda futbol yuqori suratlarda taraqqiy etmoqda. Kundan-kunga jadallik bilan o‘sib boryapti. Bu futbol o‘ynash uchun juda yaxshi mamlakat ekanligini eshitdim.

— Adashmasam, oxirgi klubingiz Qozog‘istonning «Atirau»si bo‘lgan. Aytingchi, siz uchun «Andijon» klubiga o‘tish faoliyatingizda oldinga tashlangan qadammi?
— Haqiqatan to‘g‘ri. Mening oxirgi klubim Qozog‘istonning «Atirau» jamoasi bo‘lgan. Lekin men O‘zbekiston va uning chempionati to‘g‘risida juda yaxshi ma’lumotlar eshitdim va yurtingizga kelishga qaror qildim. O‘ylaymanki, bu faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo‘ldi, deb hisoblayman.

— Demir, sizga aynan «Andijon»dan taklif bo‘lishini kutmaganmidingiz yoki faoliyatingizni O‘zbekiston chempionatida davom ettirish rejangizda bormidi?
— Meni oldimda bir qator xorij davlatlaridan variantlar bor edi. Lekin men Osiyoda to‘p surishni xohladim va meni O‘zbekiston juda ham qiziqtirdi. Menga «Andijon»dan qo‘ng‘iroq qilishganida u yerda o‘ynashga tayyor ekanligimni aytdim.

— Ilgari ham sizga yurtimizdan qiziqishlar bo‘lganmi?
— Muzokaralar bo‘lgan. Lekin hech nima rasmiylashmagan.

— O‘zingiz uchun raqam tanlab oldingizmi?
— Aytishim mumkinki, 31 men uchun omadli raqam.

— «Andijon» siz uchun yangi jamoa va bu yerda sizga ko‘proq nima yoqyapti?
— Meni hamma juda yaxshi kutib oldi. Jamoa bilan Antaliyada bo‘ldim. Klubda o‘zimni juda qulay, Xudoga shukurki, xuddi o‘z uyimda yurgandek his qildim.

— Demir Imeri yangi mavsum uchun tayyormi? Chunki muxlislarimizning sizdan umidi katta…
— Yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum oldidan motivasiyaga to‘laman. «Andijon» klubini juda ajoyib fanatlari borligini ko‘rdim. Bunday muxlislar qarshisida tezroq maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman. Bunday jonkuyar ishqibozlar qarshisida to‘p surish men uchun juda qulay va qiziqarli.

— Bu yerga kelishdan avval jamoa haqida nimalarni bilib oldingiz?
— U yerda futbolni nihoyatda yaxshi ko‘rishlarini eshitdim. Muxlislar doimo sevimli jamoasi bilan birga ekan. Andijonga tezroq borib, yanada ko‘proq ma’lumotlar ega bo‘lishni va g‘alabalarga o‘z hissamni qo‘shishni istayman.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:18, 20.02.2024.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.