Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Latviya chempionati sovrindorini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Latviya chempionati sovrindorini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi Turkiyadagi yig‘ini doirasidagi so‘nggi uchrashuvini Latviya chempionatining amaldagi bronza medali sohibi «Auda» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Belekda o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi. O‘yinning birinchi bo‘limi yakunida Xislat Xalilovning chiroyli uzatmasini Kojo Joel bir himoyachini ortda qoldirgan holda darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda Kojo Joelning o‘rniga maydonga tushgan Anvarjon Hojimirzayev ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. U Sanjar Shoahmedovning yetkazgan to‘pini golga aylantirdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘lim yakunida raqib bitta gol urib, farqni qisqartirdi - 2:1.

Bahs yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi va Samarqand klubi Turkiyadagi yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi. Ko‘hna shaharliklar 21 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib kelishadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 20 fevral
«Dinamo» (O‘zbekiston) - «Auda» (Latviya) – 2:1
Gollar: Kojo Joel 45, Anvarjon Hojimirzayev 68. - 86'.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ratinyo, Xislat Xalilov, Fransis Narx, Vladimir Kozak, Farrux Ikromov, Sanjar Shoahmedov, Kojo Joel.
Ikkinchi bo‘limdan maydonga tushganlar: Anvarjon Hojimirzayev, Humoyunmirzo Iminov, Muhammadbobur Asadullayev, Komil Sharofutdinov, Vohid Oqbo‘tayev, Emmanuel Yagr, Abubakr Muydinov, Anvar Fayzullayev.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:09, 20.02.2024.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.