Hujumchi Antuan Grizmann jarohat olib “Atletiko” kasalxonasiga yotqizildi. Shu boisdan ham fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi o‘yinining ikkinchi bo‘limi oxirlarida almashtirildi.
"Atletiko" rasmiy sayti Grizmannga o‘rtacha og‘irlikdagi to‘pig‘i cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi. "Matraschilar" fransuzning tiklanish vaqtini oshkor qilishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni "Atletiko" Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o‘yinida "Inter"ga (0:1) mag‘lub bo‘lgan edi.