Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

“Benfika” rasmiylari Toshkentga tashrif buyurdi

“Benfika” rasmiylari Toshkentga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi yillarda “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, tizimni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lida keng ko‘lamli va ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Zero, akademiya jamoaning ertasi, kelajagi hisoblanadi. Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubining rasmiy taklifiga ko‘ra, Portugaliyaning “Benfika” jamoasi mutaxassislari Migel Reis va David Gomes poytaxtimizga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida avvalo “Bunyodkor” akademiyasi bilan yaqindan tanishgan portugaliyalik mehmonlarimiz dargohda yaratilgan sharoitlar, xususan, tabiiy-sun’iy maydonlar, basseyn, “trenajer zal”, tibbiy markaz, o‘quv-dam olish xonalariga yuqori baho berdi. Tanishuvdan so‘ng ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida muzokara stoliga o‘tirdi. 

Ikkala jamoa rasmiylari ishtirokidagi uchrashuvda “Bunyodkor” va “Benfika” akademiyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Jumladan, bu hamkorlikka ko‘ra “Benfika” futbol akademiyasi o‘quv mashg‘ulot dasturini “Bunyodkor” akademiyasida qo‘llash, iste’dodli tarbiyalanuvchilarimizni Portugaliyaga jo‘natish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Tez orada ushbu hamkorlik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi va “qaldirg‘ochlar”ning Yevropa sari parvozi boshlanadi.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:18, 22.02.2024.
O'qildi: 2602 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик