Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Liga Ijroiya qo‘mitasi mavsum oldidan yig‘ilish o‘tkazdi

Liga Ijroiya qo‘mitasi mavsum oldidan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yilgi rejalar yuzasidan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ijroiya qo‘mitaning 9 nafar a’zosidan uch nafari yig‘ilishda ishtirok etmadi. Qo‘mitaning yagona bo‘lgan ayol a’zosi Aziza Tatlimuratova Osiyo futbol konfederasiyasida ish boshladi. Shundan kelib chiqib, uning qo‘mitadan chiqishi ma’qullandi. Turon klubi sobiq prezidenti Olimxon Ahmedov esa Liga bilan iliq aloqalarini saqlab qolishini ma’lum qilib, o‘zining Ijroiya qo‘mitadan chiqarilishini so‘radi. Qo‘mita ularning o‘rnini qanday to‘ldirish masalasida kelishib oldi.

Assosiasiya vise-prezidenti Odil Ahmedov, Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev, qo‘mita a’zosi va bir vaqtning o‘zida kotibi Oybek Ibrohimxonov, Lokomotiv, OKMK, Nasaf klublari rahbarlari To‘labek Akramov, Bahodir Mirzayev hamda Alisher Yusupov yig‘ilishda ishtirok etdi, kvorum jam bo‘ldi. Xorazm klubi rahbari Maqsud Karimov uzrli sabab bilan yig‘ilishda ishtirok eta olmadi.

Yig‘ilishda 2024-yilgi rejalar hamda 2025-yilgi mavsumga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Liga rahbari qo‘mita a’zolariga 2023-yilgi mavsum yuzasidan moliyaviy hisobot topshirdi. Hisobotda Liga daromadlari qanday ko‘rinishda bo‘lgani va ular qanday sarf etilgani yuzasidan ma’lumot berildi.

Qo‘mita 2024-yilgi mavsum bo‘yicha qator masalalarni ko‘rib chiqdi hamda qarorlar qabul qildi. Jumladan, 2024-yilgi mavsum uchun qatnashchilik badali miqdori qatorasiga to‘rtinchi yil o‘zgarishsiz qoldi. Mavjud inflyasiya hisobiga u yildan-yilga kamayib borayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, xorijlik futbolchi va mutaxassis uchun to‘lov miqdori ham o‘zgarmadi.

Qo‘mita ko‘rib chiqqan va jamoatchilikka oshkor etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan Liga rasmiy sayti orqali ma’lumot berib boriladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 11:47, 24.02.2024.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.