Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Karlos Alkaras: «Mening kumirim – Krishtianu Ronaldu!»

Karlos Alkaras: «Mening kumirim – Krishtianu Ronaldu!»

Baho:
+ | -

Yanvar oxirida «Sautgempton»dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan argentinalik yarim himoyachi Karlos Alkaras «Yuventus»da o‘z debyutini nishonlashga ham ulgurdi.

21 yoshli iqtidorli futbolchi Turin klubiga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Mana, Turinga kelganingizga ham bir haftadan oshdi. Ilk taassurotlar qanday?

- Aytganingizdek, bir haftadan beri Italiyadaman, o‘zimni juda baxtli his qilyapman, hammasi a’lo darajada. Hozirda mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlayapman, asta-sekin ko‘nikyapman. Meni juda yaxshi kutib olishdi, hatto klub rahbarlari ham.

- Maydondagi eng sevimli pozisiyangiz qaysi?

- Yarim himoyada va «yashirin to‘qqizlik» pozisiyasida yaxshi o‘ynayman, hozir asosan markaziy yarim himoyaning o‘ng tomonida harakat qilyapman. Umuman olganda esa chap tomonda o‘ynashda ham hech qanday muammo yo‘q. Men murabbiyning to‘liq ixtiyoridaman. U qayerda xohlasa, o‘sha yerda o‘ynayman.

- Sizning kumiringiz kim?

- Meni «Yuventus»da o‘ynagan buyuk chempionlar bilan taqqoslashalaridan juda xursandman. Katta natijalarga erishishim kerakligini bilaman va bu jamoada eslab qolinishimni xohlayman. Krishtianu Ronaldu har doim mening ilhom manbaim bo‘lgan. Oilamga bolaligimda orzu qilgan barcha narsalarim haqiqatga aylanishi mumkinligini isbotlamoqchiman va bu allaqachon boshlandi: har tongda aynan shu ilhom bilan uyg‘onaman. Va albatta, bugungacha erishganlarim faqat va faqat oilamning xizmatlari tufayli ekanligini bilishlarini istayman.

- «Yuventus»ga muhabbat qanday va qachon paydo bo‘lgan?

- Men har doim «PlayStation»da «Yuve»ni tanlaganman, chunki bu yerda buyuk chempionlar o‘ynashgan. Shuning uchun ham g‘alaba qozonishimga yaxshi imkoniyat bo‘lardi. Odatda, do‘stlarim bu tanlovimdan mahrum qilishardi, shuning uchun men g‘azablanardim va umuman o‘ynashdan bosh tortdim.

- Sizni ko‘proq Vidal bilan taqqoslashmoqda...

- Bundan juda xursandman, u ajoyib o‘yinchi. Arturo «Yuventus»da ko‘p yutuqlarga erishdi. Men o‘z vazifamni bajarishim kerak, jamoa bilan eng yaxshi natijalarga erishishni xohlayman. Bunday taqqoslashlar uchun rahmat, lekin hozir ko‘proq o‘zimga e’tibor qaratyapman.

- Bu yerda qanday motivasiya olmoqchisiz?

- Menga «Yuventus» har doim o‘qqan, bu eng yaxshi futbolchilar va eng yaxshi argentinaliklar o‘ynagan ajoyib klub. Bu yerga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng, umidlar haqli ravishda oshdi va men katta natijalarga erishmoqchiman. «Yuventus»da bo‘lish hayotimdagi eng yaxshi voqealardan biridir. Albatta, umidlar katta, lekin men bunga tayyorman.

- Oldingi klublaringiz haqida gapirib bering.

- «Rasing»da mening muhim debyutim bo‘lib o‘tdi, bu Argentinaning buyuk klubi va men uning safida bo‘lganimdan xursandman. Premyer-ligada ham ko‘p narsalarni o‘rgandim, shu jumladan jismonan kuchliroq bo‘ldim. Endi har jihatdan tayyorman de­yishim mumkin - ajoyib jamoadaman va mehnat qilishni kanda qilmayman. Angliyaga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng, o‘z ustimda juda ko‘p ishlaydigan bo‘ldim, chunki bunday voqealar o‘yinchining hayotini o‘zgartirishi aniq. Umidlar katta va men ularni oqlashga harakat qilish imkonidan xursandman.

- «Italiya derbisi» qanday ekan?

- Bu o‘z navbatida mening debyutim ham edi, natija jihatidan yaxshi deyolmayman, lekin bu menga maydonga tushishimga imkon berdi. Bunday o‘yinlarda katta bosim ostida o‘ynashni yaxshi ko‘raman va yoshimga qaramay ulardan qo‘rqmayman. Biz boshqacha natijaga erishmoqchi edik, ammo endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

- Jamoadagi yoshlar haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, jamoada ko‘plab yosh futbolchilar o‘ynashmoqda, lekin katta nomlar ham bor va ularning barchasi yoshlarni qo‘llab-quvvatlasharkan. Bunday jamoada ishlash juda zo‘r - biz yelkama-elka mehnat qilamiz va, albatta, tajribali jamoadoshlarimizning yordamiga muhtojmiz. «Yuventus»da yoshlarga katta e’tibor qaratilarkan.

- Xarakteringiz qanday?

- Haqiqat shundaki, men hech qachon yutqazishni yoqtirmayman, hatto mashg‘ulotlarda ham oxirigacha boraman va g‘alaba qozonishni xohlayman. Murabbiy menga o‘ynashimni, xotirjam bo‘lishimni va qo‘limdan kelganini qilishimni aytdi. U menga ishonadi va men uning ishonchini oqlashga umid qilaman.

- «Yuventus» sizni naq 49,5 million yevroga sotib olish huquqiga ega. Bu raqamlar haqida nima deysiz?

- Bunday miqdor meni qo‘rqitmaydi, narx masalasi vaqt o‘tishi bilan hal qilinadi... men hozir yaxshi o‘ynashni xohlayman, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hammasi o‘zimni qanday ko‘rsatishimga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, men xotirjamman.

- Jamoadan ko‘proq kim izni hayratda qoldirdi?

- Men ko‘plab yaxshi, top o‘yinchilar o‘ynaydigan jamoaga keldim. Asosan meni Lokatelli hayratda qoldirdi: juda yaxshi texnikaga ega kuchli yarim himoyachi ekan va men u bilan mashg‘ulotlarda birga ishlashni yoqtirib qoldim. Shunchaki uning o‘yinini tomosha qilish orqali ham ko‘p narsani o‘rganaman.

- Jamoadagi yagona argentinaliksiz...

- «Yuve»da yagona argentinalik bo‘lishimni bilardim, lekin Danilo, Bremer va Sandro bor... ular ispan tilida gaplasha oladi. Katta klubga o‘tganimdan keyin biroz asabiylashayotganimni aytganimdan so‘ng, Danilo darhol meni qo‘llab-quvvatladi. U tinchlanishimni, jamoamiz bir oila ekanini aytdi va bu haqiqat, men buni allaqachon boshdan kechirdim. Jamoadoshlarim meni umumiy ishlarga ham jalb qilishmoqda, hamma narsa haqida gaplashishmoqda, shunday ekan, hammasi joyida.

- Lautaro Martines bilan gaplashdingizmi?

- Yo‘q, u bilan gaplashmadim, faqat derbida, o‘yin paytida, salomlashdik, xolos.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 24.02.2024.
O'qildi: 3403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.