Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Fransiya chempionatida "PSJ"ni kim to‘xtatadi?

Fransiya chempionatida "PSJ"ni kim to‘xtatadi?

Baho:
+ | -

Fransiya 1-ligasi bizni "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening gollari, shuningdek Abduqodir Husanovning harakatlari bilan xursand qilishda davom etmoqda. Bugun biz bu mavsumda kimning g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori ekanligini aniqlashga urinib ko‘ramiz.

"Brest"

"Brest" jamoasi 14-o‘rinni egallagan o‘tgan mavsumga nisbatan ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Ayni damda Erik Roy shogirdlari 22 turda 40 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Biroq, "Brest" va peshqadam "PSJ" o‘rtasidagi farq allaqachon 13 ochkoni tashkil etadi, shuning uchun "qizil-oqlar"ni chempionat favoritlari qatorida jiddiy ko‘rib chiqish dargumon.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 2%

"Monako"

Adi Xyutter jamoasi yangi mavsumga g‘alabali seriya bilan kirishdi va to‘qqizinchi turgacha turli muvaffaqiyatlar bilan turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi, ammo bundan keyin hammasi ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Monegasklar muntazam ravishda jarohatlar tufayli futbolchilarini yo‘qotishni boshladilar va shu bilan birga maqomi past raqiblar bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotishdi. "Monako" hozirda Liga 1 turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi va hozircha uzoq kutilgan kubok uchun da’vogar hisoblanmayapti.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 5%

"Lill"

“Lill” esa aksincha vaziyatga ega. Jamoa yangi mavsumga nihoyatda omadsiz kirdi, olti uchrashuvda bor yo‘g‘i ikkita g‘alaba qozondi. Biroq, asta-sekin kichik inqirozdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishdi va hozirda yaxshi natijalarni ko‘rsatishmoqda, ammo ular yo‘qotishlarsiz tura olmaydi. Masalan, yaqinda “Lill” “Monpelye”ni mag‘lub eta olmadi, avvalroq “Strasburg”ga imkoniyatni boy berdi.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 7%

"Nissa"

"Nissa" nafaqat natija, balki o‘yin sifati bo‘yicha ham munosib sakrashga erishdi. Aytish joizki, hatto “PSJ” ustozi Luis Enrike ham “Nissa”ga qarshi o‘yin oldidan “burgutlar”ning maydondagi tartib-intizomini olqishlagandi. "Nissa" yangi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi, faqat 14-turda ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Biroq so‘nggi paytlarda jamoada ishlar yaxshi ketayotgani yo‘q, chunki "Nissa" "Lion" va "Monako" bilan o‘yinlarda ikki marta mag‘lub bo‘ldi va "Brest"ni ham mag‘lub eta olmadi.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 11%

"PSJ"

Albatta, Fransiya 1-ligasining oltin medallari uchun yana bir bor asosiy da’vogar “PSJ” bo‘lib turibdi, chunki ikkinchi o‘rindan 13 ochkolik mustahkam ustunlik o‘z-o‘zidan hammasini ifodalaydi. Mavsum yakuniga qadar hali ko‘p vaqt bor, lekin bunday farqni yo‘qotish oson bo‘lmaydi. Aytish joizki, so‘nggi 11 mavsum davomida "PSJ" bor-yo‘g‘i ikki marta chempionlikni boy bergan bo‘lsa, bu yil chempionlikni qo‘ldan boy berishiga asos yo‘q.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 75%

Kiritildi: 13:12, 25.02.2024.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.