Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Timur Kapadze: "Qorli sharoit har ikki jamoaga ham halal berdi"

Timur Kapadze: "Qorli sharoit har ikki jamoaga ham halal berdi"

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng (2:0) toshkentliklar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin o‘tdi. Qorli sharoit ikkala jamoaga ham o‘z o‘yinini ko‘rsatishga halal berdi. Jamoamiz anchadan beri o‘yin o‘tkazmagani bilinib qoldi. "Nasaf" OCHLda ikkita o‘yin o‘tkazdi va ayni paytda formaga tushib olganligi ko‘rinib turibdi.

Biz so‘nggi o‘yinni Turkiyadagi yig‘inda o‘tkazgandik. Deyarli bir oy bo‘ldi. Kelganimizdan so‘ng ham qorli sharoit to‘sqinlik qildi. Qor sababli "Mash’al"ga qarshi o‘yinimiz 50 daqiqa bo‘lgandi. Shu sababli tayyorgarlik jarayonida ozgina qiyinchiliklar bo‘ldi.

Bugungi ob-havo ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin umuman olganda, yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Maydondagi yigitlar bugun harakat qilishdi.

- Hisobdan qoniqdingizmi?

- Albatta qoniqmadim. Mag‘lubiyatdan xech kim qoniqmaydi. Barcha g‘alaba uchun maydonga tushadi. Lekin vaziyatga real qarashimiz kerak. Gol bo‘lgan vaziyatni yana qarab chiqamiz. Qanday xato qilganimizni ko‘rib, xulosa qilamiz.

- Bugun "Olimpik"da jarohat sabab ikki markaziy himoyachi o‘ynamadi. Ularning yo‘qligi bugungi mag‘lubiyatga ta’sir qildi deb hisoblaysizmi?

- Yo‘qotishlar... Nafaqat ikki himoyachi, balki hujumchimiz ham uchrashuvda ishtirok etmadi. Yo‘qotishlar bor, lekin ularning o‘rniga maydonga tushgan yigitlar ham yaxshi o‘yin ko‘ratishdi, ular uchun ham imkoniyat bo‘ldi. Ular bo‘lganida (markaziy himoyachilar) albatta yaxshiroq bo‘lardi.

- O‘yin sur’ati yuqori bo‘lmasada, Akbar Abdirasulov qizil kartochka oldi. Buni nima bilan izohlagan bo‘lardingiz? Unda tartib bilan bog‘liq muammo bormi?

- Bu bo‘lib turadigan narsa. U pozisiyani to‘g‘riroq egallaganida bunday holatgacha olib kelmasdi. Lekin, har ikki vaziyatda ham - birida qarshi hujum, ikkinchisida birga-bir vaziyatda sariq kartochka oldi. Bunday holatlarni albatta ko‘rib chiqamiz.

Manba: "Олимпик" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:26, 02.03.2024.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.