Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

A seriya. Bahs so‘ngida urilgan gol «Milan»ga g‘alaba keltirdi, «Lasio» o‘yinni 8 kishi bo‘lib yakunladi (videosharh)

A seriya. Bahs so‘ngida urilgan gol «Milan»ga g‘alaba keltirdi, «Lasio» o‘yinni 8 kishi bo‘lib yakunladi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv kurashlarga boy va asabiy o‘tdi. «Lasio» xayolan «Bavariya»ga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgan bo‘lsa-da, A seriyada 3-o‘rinda borayotgan «Milan»ga keskin qarshilik ko‘rsatdi.

«Rossoneri» birinchi bo‘limda deyarli hech qanday vaziyatni yuzaga keltira olmagan bo‘lsa, mezbonlar to‘p bilan kamroq muomalada bo‘lsa-da hujumda xavfliroq ko‘rinishdi. Taym so‘ngida esa mehmonlar ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi.

«Lasio» ikkinchi bo‘lim boshida, kutilmaganda, maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Bahsli vaziyatda Luka Pellegrini ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. «Milan» son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan bosimni oshirib bordi. Shunga qaramay, zaxiradan maydonga tushirilgan Chiro Immobile ajoyib imkoniyatni qo‘ldan chiqardi: yaqin masofadan berilgan zarbadan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytdi.

76-daqiqada Rafael Leau mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgandi, biroq gol ofsayd tufayli bekor qilindi. O‘yin so‘ngi «Milan» o‘z maqsadiga erishdi. 88-daqiqada Noa Okafor ikkinich urinishda Provedel darvozasini zabt etdi.

Rimliklar taslim bo‘lishmadi, ammo Immobile ikkinchi vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Mezbonlar asabiylasha boshlashdi hamda qo‘shib berilgan daqiqalarda Adam Marushich va Matteo Genduzi qizil kartochka olishdi. «Lasio» o‘yinni 8 kishi bo‘lib yakunladi.

«Milan» g‘alabani saqlab qoldi va o‘z ochkolarini 56 taga yetkazib oldi. Jamoa endi 2-o‘rindagi «Yuventus»dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Italiya chempionati, 27-tur
Lasio – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 88 Okafor.
Lasio – Provedel, Marushich, Romanyoli, Xila, Pellegrini, Luis Alberto (Xyusay, 60), Vesino (Kataldi, 78), Genduzi, Felipe Anderson, Dzakkani (Isaksen, 66), Kastelyanos (Immobile, 60).
Milan – Menyan, Florensi (Kalabriya, 64), Kyer (Tomori, 81), Gabbiya (Tiav, 81), Ernandes, Loftus-CHik, Bennaser (Reynders, 64), Pulishich, Adli (Okafor, 71), Rafael Leau, Jiru.
Ogohlantirishlar: Pellegrini (50), Romanyoli (58), Florensi (61), Adli (70), Immobile (76), Gabbiya (80), Ernandes (84), Xyusay (90), Rafael Leau (90), Pulishich (90).
Chetlatishlar: Pellegrini (57), Marushich (90+4), Genduzi (90+6).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:17, 02.03.2024.
O'qildi: 2950 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик