Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Napoli" bilan o‘yindan keyin (3:1) klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Bu klubdagi kelajagim klubning o‘ziga bog‘liq, men o‘zim tark etmoqchi emasman. Men Xavidan ishonchi va men uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorman. U qolishini istardim”, - dedi urugvaylik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.