Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Jamshid Saidov: «Nasaf» doim sovrinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lgan»

Jamshid Saidov: «Nasaf» doim sovrinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lgan»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida safarda «Nasaf»ga mag‘lub bo‘lgan «Qizilqum» klubi ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Asosiy urg‘u himoyaga qaratilib, tezkor qarshi hujumlarda o‘ynashni reja qilgandik. Ammo, raqib birinchi taymdayoq bizni shoshiltirib qo‘ydi va ikkita gol urdi. Ikkinchi taym uchun boshqacha reja tuzib maydonga tushdik. Ammo, yakunda vaziyatlarni golga aylantirishni eplay olmadik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

Avvalgi ikki o‘yin boshqacharoq kechgandi. Birinchi taymda gollar urib, ikkinchi taymda deyarli futbol o‘ynamayotgan edik. Bugun buning aksi bo‘ldi. Ko‘pchilik shu savolni berayapti. Nima uchun «Qizilqum» ikkinchi taymda ishonchsiz o‘ynayapti? Balki ruhiy jihatga bog‘liqdir. Balki chempionat endi boshlangani uchun hali to‘liq uslubimizni shakllantirmagandirmiz.

Birinchi taym asosiy reja himoyaviy o‘yin bo‘lgani uchun, asosiy tarkibni shunga qarab tuzgandik. Kuxianidze ikkinchi taymda tushirilganining sababi shu.

Albatta, jismoniy holat eng asosiy faktor. Bu holatga jiddiy qaraymiz. «Nasaf» doim chempionat favoritlaridan biri. Bu mavsum ham bemalol sovrinlar uchun kurasha oladi.

Murodbek Rahmatovni olib qolishni istagandik. Ammo, «Nasaf» uning ijara shartnomasi tugagach, qaytarib oldi. Kuchli va kelajagi bor o‘yinchi. Unga omad tilab qolamiz", — dedi Jamshid Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:30, 16.03.2024.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик