Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

A seriya. «Milan» safarda «Verona»ni mag‘lub etdi va «Yuventus»dan 3 ochkoga o‘tib ketdi (videosharh)

A seriya. «Milan» safarda «Verona»ni mag‘lub etdi va «Yuventus»dan 3 ochkoga o‘tib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Milan» safarda «Verona» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsning 44-daqiqasida milanliklar himoyachisi Teo Ernandes hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Kristian Pulishich farqni yana bittaga oshirdi.

Bahsning 64-daqiqasida veronaliklar hujumchisi Teyyani Noslin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinning 79-daqiqasida «rossoneri» futbolchisi Samuel Chukvueze yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

Stefano Pioli jamoa barcha musobaqalar doirasida ketma-ket beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa A seriyada o‘z ochkolarini 62 taga yetkazib, 3-o‘rindagi «Yuventus»dan 3 ochkoga o‘zib ketdi.

Italiya chempionati, 29-tur
Verona – Milan 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 44 Ernandes, 0:2 – 50 Pulishich, 1:2 – 64 Noslin, 1:3 – 79 Chukvueze.
Verona – Montipo, Santonz, Davidovich (Manyani, 57), Koppola, Kabal (Ruben Vinagre, 76), Lazovich (Mitrovich, 57), Duda, Serdar (Silva, 46), Folorunsho (Sviderski, 57), Suslov, Noslin.
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori (Kyer, 84), Kalulu (Gabbiya, 46), Ernandes, Loftus-CHik (Musa, 66), Bennaser, Pulishich (Jiru, 66), Reynders, Rafael Leau, Okafor (Chukvueze, 74).
Ogohlantirishlar: Serdar (6), Tomori (30), Ernandes (45), Reynders (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:57, 17.03.2024.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик