"Napoli" markaziy himoyachisi Joau Jezus Milanning "Inter" klubi futbolchisi Franchesko Acherbi bilan bo‘lgan janjal tafsilotlarini oshkor qildi.
Acherbi menga: “Ket, negr, sen shunchaki qora tanli odamsan”, dedi. Hakamga e’tirozimdan keyin Franchesko xato qilganini tan oldi. U mendan oldin kechirim so‘radi. O‘yindan so‘ng Acherbi o‘z versiyasini o‘zgartirdi va hech qanday irqchi haqorat yo‘qligini ta’kidladi. Bu holat haqida boshqa aytadigan gapim yo‘q", - deb yozadi braziliyalik ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Acherbi yaqinda Italiya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlari uchun qaydnomasidan olib tashlangan edi. Shuningdek, Franchesko A Seriyada 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.