Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Barselona" "Everton" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

"Barselona" "Everton" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" Amadu Onanaga qiziqish bildirmoqda.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar "Everton" yarim himoyachisini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq u uchun zarur bo‘lgan 60 million yevroni to‘lay olmaydi. APLdan tushib ketgan taqdirda, "Everton" Belgiya terma jamoasi futbolchisini taxminan 40 millionga sotishi mumkin, ammo bunday summa ham "ko‘k-anorranglilar" uchun juda katta bo‘lishi mumkin.

"Barselona" o‘z futbolchilarini shartnomaga kiritish orqali to‘lovlar miqdorini kamaytirishi mumkin. Sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilari orasida Klement Langle, Serjinyo Dest, Ansu Fati va Fermin Lopes bor.

Onananing o‘zi kataloniyaliklar safida o‘ynash imkoniyatidan manfaatdor va imkon qadar ulardan taklif kutadi. Yarim himoyachiga "Arsenal" ham da’vogar sifatida ajralib turadi.

Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi Premyer-ligada 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 21:36, 22.03.2024.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.