Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika

"Navbahor" Qirg‘iz chempionini mag‘lubiyatga uchratdi

"Navbahor" Qirg‘iz chempionini mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

“Navbahor” – “Abdish-Ata” – 1:0 (1:0)

Namangan. “Markaziy” stadioni. 310 tomoshabin.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayratjon Jo‘rayev.

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov.

Gol: Asadbek Sobirjonov (42).  

“Navbahor”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Siyavash Haqnazari, 11.Asadbek Sobirjonov, 19.SHerzod Abdulboriyev, 22.Toma Tabatadze, 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulxayev, 33.SHodiyor Shodiboyev, 77.Abrorbek Ismoilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Alijon Alijonov, 21.Giorgi Nikabadze, 71.Navro‘zbek Iminjonov.

“Abdish-Ata”: 13.Kutman Kadirbekov, 7.Argen Jumatayev, 8.Azim Azarov, 11.Farxat Musabekov, 14.Nurlan Sarikbayev, 20.Kayrat Jirgalbek uulu, 21.Islam Mejitov, 26.Askarbek Saliyev, 32.Mirbek Axmataliyev, 34.Ayzar Axmatov, 75.Bekjan Saginbayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 17.Suxrobbek Berdiyev, 33.Xasan Mukbilov, 37.Biymirza Jenishbekov, 55.Erbol Abdujaparov.

Ogohlantirishlar: SH.SHodiboyev, A.Ismoilov – M.Axmataliyev, F.Musabekov.

Xabaringiz bor, ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan O‘zbekiston Superligasida tanaffus yuzaga kelgan. Bundan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy formalarini maromida saqlab turish maqsadida, “Navbahor” bugun Qirg‘iz Respublikasining sovrindor jamoalaridan biri, mamlakat Premyer-ligasining so‘nggi ikki mavsumi, ya’ni, 2022 va 2023 yillardagi chempioni, yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri Islom Ahmedov murabbiylik qilayotgan “Abdish - Ata” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.  

Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda ustunlik asosan vakillarimiz tarafida bo‘ldi va Samvel Babayan shogirdlari mehmonlar darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo ko‘plab holatlarda raqib jamoa darvozaboni Kutman Kadirbekov o‘z mahoratini namoyish etgan bo‘lsa, ayrim vaziyatlarda “Abdish-Ata” himoyachilari hujumlarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvdagi yagona golga 42-daqiqada Asadbek Sobirjonov mualliflik qildi.

Shuningdek, 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan namanganliklarning gruziyalik hujumchisi Giorgi Nikabadzening zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tekkanligi, qirg‘izistonliklarning kam sonli qarshi hujumlarining birida Aleksandr Lobanov to‘pni qaytarganligini ham e’tirof etish lozim.

Shu tariqa, “lochinlar” Qirg‘iz Respublikasining amaldagi chempioni ustidan kichik hisobda zafar quchishdi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:40, 25.03.2024.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.