Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ilgiz Tantashev “Al-Arabi” — “SHarja” bahsini boshqaradi

Ilgiz Tantashev “Al-Arabi” — “SHarja” bahsini boshqaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ilgiz Tantashev va uning jamoasi 12 aprel kuni Dohada bo‘lib o‘tadigan Qatar hamda Birlashgan arab amirliklari davlatlari o‘rtasidagi Superkubok musobaqasida ishlaydi. U “Al-Arabi” — “Sharja” uchrashuviga tayinlandi. Bu haqda Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanalida xabar qildi.

Ushbu Superkubok musobaqasi birinchi marta o‘tkazilayotgan yangi turnir hisoblanadi. Har ikki davlat tomonidan ikkitadan klub ishtirok etadi. Bu ishtirokchilar o‘z davlatlaridagi chempionat g‘oliblari va mahalliy kubok egalaridir.

Mamlakat chempionlari “Shabab Al-Ahli” va “Al-Duhail” Dubayda (13 aprel) birinchi o‘yinda maydonga tushsa, bir kun avval kubok sohiblari Dohada to‘qnash kelishadi.

Tantashev bilan birgalikda “Al-Tumama” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni uning doimiy yordamchilari Timur Gaynulin va Andrey Tsapenko, zaxira hakami Ahrol Risqullayev, shuningdek, VAR hakami Akobirxo‘ja Shukurullayev va Abdurashid Xudoyberganovlar boshqarib boradi.

Kiritildi: 14:10, 28.03.2024.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик