Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Timur Kapadze: "O‘tgan uch yil davomida ancha o‘sishga erishdik"

Timur Kapadze: "O‘tgan uch yil davomida ancha o‘sishga erishdik"

Baho:
+ | -

Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

"O‘tgan uch yil davomida ancha o‘sishga erishdik, ikkita yirik musobaqada ishtirok etdik. Ushbu turnirlarda ham, o‘ylaymanki, munosib ishtirok etdik. Endilikda bizni muhim musobaqa kutib turibdi. Umid qilamanki, Qatardagi musobaqada hammamizning orzularimiz ushalib, Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish nasib qilsin.

Tartib-intizom haqida:
"Bizda bu borada muammolar yo‘q. To‘g‘ri yigitlar yosh. Ba’zi vaziyatlar, kartochkalar bilan bog‘liq holatlar ham bor. Biroq biz bu ustida doimiy ishlab boryapmiz.

Tayyorgarlik haqida:
"Bizda har bir futbolchi tarkibga munosib. Biz bir futbolchiga ishonib qolmaymiz. Bu futbol. Kim 23 talik yakuniy ro‘yxatga kirsa, o‘sha tayyor bo‘ladi. Biroq legionarlarimiz bilan biz yanada kuchliroqmiz. Chunki ular Milliy terma jamoamizda ham asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadi.

Qatarga qarshi o‘yin foydali bo‘ldi. Guruh bosqichida ham oson o‘yin yo‘q. Raqiblarimiz ham o‘sgan. Nasib bo‘lsa, guruhdan albatta chiqamiz.

O‘yinlar rejasi, darvozabonlar haqida:
"O‘z uslubimiz, rejamiz bor. Lekin bu raqibga qarab ham o‘zgarib boradi, albatta. Osiyo o‘yinlarida ham raqiblarimizga qarab reja bo‘yicha ishladik.

Darvozabonlar masalasida kimga ko‘proq ishonch berish borasida hali aniq qarorga kelmadik. Hali ham ishlayapmiz. Kim tayyor bo‘lsa, o‘zini yaxshi his qilsa, o‘sha o‘ynaydi.

Intizom haqida keladigan bo‘lsak, yigitlar bu turnirning darajasini tushunib turibdi. Umid qilamiz, bu borada muammo bo‘lmaydi.

Vitaminizasiya haqida:
"Vitaminizasiya borasida muammo yo‘q. Tiklanish jarayoniga ham jiddiy qarayapmiz. Terma jamoalar bu masalaga alohida e’tibor qaratishadi.

Parij Olimpiadasiga katta futbolchilarni jalb etish haqida:
"Milliy jamoada ham kuchli futbolchilar yetarlicha. Bu rejamizda bor, kengaytirilgan tarkibda ularni ham jalb qilamiz. Avvalo, Olimpiada yo‘llanmasini hal qilaylik, bu borada ham o‘ylab ko‘ramiz" - dedi Kapadze.

Kiritildi: 11:57, 02.04.2024.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.