Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Transfermarkt Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etdi

Transfermarkt Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etdi

Baho:
+ | -

Nufuzli Transfermarkt internet portali Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududidagi har bir mamlakatning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini taqdim etdi.

Ushbu davlatlar ichidagi eng qimmat futbolchi gruziyalik Xvichi Kvarasxeliyaga bo‘lib, u Italiyaning “Napoli” klubida o‘ynaydi.

Umumiy ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan.

Gruziya: Xvicha Kvarasxeliya (80 million yevro, “Napoli”);
Ukraina: Aleksandr Zinchenko (42 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Rossiya: Aleksandr Golovin (30 million yevro, “Monako”);
Armaniston: Eduard Spersyan (18 million yevro, “Krasnodar”);
Qozog‘iston: Baxtiyor Zaynutdinov (6 million yevro, “Beshiktosh”);
Moldova: Oleg Ryabchuk (5 million evro, “Spartak Moskva”);
O‘zbekiston: Abbosbek Fayzullayev (5 million yevro, “SSKA”);
Litva: Gvydas Gineitis (2 million yevro, “Torino”);
Estoniya: Karl Xayn (2 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Belarus: Ilya Shkurin (2 million yevro, “Stal”);
Ozarbayjon: Renat Dadashov (2 million yevro, “Xatayspor”);
Latviya: Raymonds Krollis (1,5 million yevro, “Vishkov”);
Tojikiston: Rustam Yatimov (1,2 mln yevro, “Istiqlol”);
Qirg‘iziston: Guljigit Alikulov (550 ming yevro, “Neman”);
Turkmaniston: Ruslan Mingazov (450 ming yevro, “Kitchi”).

Qiziqarlisi, ko‘rsatilgan ro‘yxatda O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida hozirda “SSKA” klubida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayev ko‘rsatilgan. Transfermarkt portali uning transfer bahosini 5 million yevro qilib ko‘rsatgan. Italiyada to‘p suruvchi Eldor Shomurodov ham shuncha narxga baholangan.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilar uchligini Aziz G‘aniyev yakunlab bergan. Uning transfer bahosi 3,5 million yevro qilib belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:03, 03.04.2024.
O'qildi: 4556 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик