Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Metallurg»ni mag‘lub etdi

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Metallurg»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent viloyati "Do‘stlik"  jamoa xo‘jaligida joylashgan terma jamoalar markazi futbol maydonida Superliganing 5-turida o‘yin amaliyotisiz qolgan "Metallurg"  hamda "Navbahor"  jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda namanganliklar g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidaq vodiyliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Asad Sobirjonov himoya markazidan darvoza tomon yo‘l topa oldi - 1:0.

Taym yakunida "Metallurg" o‘z darvozasidan yana bitta to‘p olib chiqdi. Bu safar darvozabon to‘pni birinchi o‘rinishda qaytargandi. Ikkinchi temp bilan berilgan zarbaga himoyachi qalqon bo‘ldi. Biroq qanot hakami himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarguniga qadar u havoda chiziqni kesib o‘tdi,  degan qarorga keldi.

"Metallurg" gollar oralig‘ida javob qaytarish uchun bir qator vaziyatlar yaratdi. Ayniqsa Marko Milichkovich darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatdan foydalana olmagani afsuslanarli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda tarkib deyarli to‘liq o‘zgardi. "Metallurg"ning o‘yini ham boshqacha — hujumkor tus oldi. Jamoa bu taymda kamida uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi. Ammo Shahzodbek Ubaydullayev,  Rizo Yazdando‘st, Sardor Abduraimovdan omad yuz o‘girdi. Ubaydullayevning besh metrdan bergan zarbasini himoyachi to‘sgan bo‘lsa,  Rizoning bosh bilan standart vaziyatdagi zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi. Abduraimovning xavfli zarbasini esa Lobanov qaytardi. Ikkinchi taymda maydonga tushgan Aleksandr o‘yin qahramonlaridan biri bo‘ldi.

Mazkur nazorat uchrashuvi har ikkala jamoa uchun Kubok o‘yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.

Nazorat uchrashuvi
"Metallurg"  - "Navbahor"  - 0:2
Gollar:  Asad Sobirjonov,  Filip Ivanovich.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko,  Timur Gaynullin.
Nazoratchi:  Ravil Shoyaxmetov.
"Metallurg":  Rahimjon Davronov,  Davron Ergashev,  Abbos Otaxonov,  Ivan Yosovich,  Abror Toshqo‘ziyev,  Shahzodbek G‘ofurbekov,  Kerim Palich,  Iskandar Shayqulov,  Marko Milichkovich,  Boban Jorjevich,  Shahzodbek Ubaydullayev.
"Metallurg" (2-taym):  Akmal Ortiqov,  Xudoyshukur Sattorov,  Rizo Yazdando‘st,  Mirg‘iyos Sulaymonov,  Ergash Ismoilov,  Sirojiddin Qo‘ziyev,  Sardor Abduraimov,  Hazrat Tursunqulov,  Marko Milichkovich,  Boban Jorjevich,  Shahzodbek Ubaydullayev (Behruz Abdullayev)
"Navbahor": O‘tkir Yusupov,  Farrux Sayfiyev,  Filip Ivanovich, Azim Ahmedov, Abdulxayev, Jamshid Boltaboyev,  Yovan Jokich., Asad Sobirjonov,  Jamshid Iskanderov  Abror Ismoilov, Toma Tabatadze.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aleksandr Lobanov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Giorgi Nikabadze, Shodiyor Shodiboyev, Navro‘zbek Iminjonov, Ozodbek O‘ktamov, Nurmuhammad Toshpo‘latov. 

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:47, 06.04.2024.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.