Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Xarri Keyn bilan tanishamiz

Xarri Keyn bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

Xarri Edvard Keyn 1993 yilning 28 iyulida Londonning shimoli-sharqidagi Chingford tumanida dunyoga keldi.

Shaharcha «Tottenxem»ning 2017 yilda faoliyatini to‘xtatgan sobiq stadioni bo‘lmish «Uayt Xart Leyn»dan 5 mil uzoqlikda edi. Xarrining otasi Patrik va onasi Kim asli Irlandiya fuqarolari bo‘lib, mamlakatning g‘arbiy sohilida joylashgan port shahar - Golueyda istiqomat qilishgan. Londonga durustroq hayot kechirish maqsadida kelgan juftlik shu yerda farzandli bo‘lishgan.

«O‘ylaymanki, mendagi sportga bo‘lgan moyillik onamdan o‘tgan, garchi bu mavzu Keynlar oilasidagi qizg‘in bahs-munozaralar manbai bo‘lsa ham. Ehtimol, bu gaplarim otamga xush kelmas, lekin onamning otasi risoladagidek futbolchi bo‘lgan va nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan», - deydi Xarri.

Keynning akasi Charli ham bolalik paytida futbol bilan shug‘ullangan. Aka-uka doimo birgalar, o‘rtalaridan qil ham o‘tmaydi. Yoshlari ulg‘aygan davrda ham munosabatlar o‘zgargan emas, hanuzgacha ahil-inoqlar. Boz ustiga, Charli va Xarri tashqi ko‘rinishdan xuddi egizaklar kabi bir-biriga o‘xshaydilar. Shu sababli Charlini ko‘pincha Xarri bilan adashtirib qo‘yishadi. Qiziq, muxlislar murojaat qilgan paytlarda Charli nima qiladi? Aqlingizga tasanno, to‘g‘ri topdingiz - o‘zini Xarridek ko‘rsatib, jimgina dastxat berib qo‘ya qoladi. Mabodo, siz ham Keynga duch kelgudek bo‘lsangiz, hushyorroq bo‘ling.

Futbolchining o‘smirlik davri xususida gap ketganda, uning turmush o‘rtog‘i haqida hikoya qilish juda kam uchraydi. Lekin Xarrining tarixi aynan shunaqa kamyob hodisa. Hujumchi o‘zining rafiqasi bilan azal-azaldan tanish bo‘lgan.

Keti - fitnes sohasidagi malakali instruktor, sport ruhshunosligi fakultetida tahsil olgan. Oila qurishganini juftlik 2015 yilda oshkor etdi. Bu borada Xarri shunday hikoya qiladi: «Biz maktabga birgalikda qatnaganmiz. U mening faoliyatimdan to‘liq xabardor. O‘zi futbolga qiziqishidan juda mamnunman. Keti mening o‘yinlarim haqida bir necha marta intervyular bergan».

Juftlik chinakamiga baxtiyor turmush kechirmoqda. Ularning turmush tarzi boshqa futbolchilar, ayniqsa, Angliya terma jamoasi uchun ibrat bo‘lishgan loyiq. Janjalu-mojarolarga asos ham, vaqt ham yo‘q. Axir 4 nafar farzandi bor uyda vaqt bo‘larmidi? Xarri va Keti 2 nafar qizaloqlar - Ayvi va Vivyenn, o‘g‘lonlari - Lui va Genrilar bilan vaqt o‘tganini ham bilmay qolishadi.

«Bavariya»ga o‘tganimdan keyin maktabda bir qator ota-onalar bilan tanishdik, jamoadoshlarimning oila a’zolari bilan do‘stlashib oldik. Hozir o‘zimizni uydagidek his etyapmiz. Balki siz ishonmassiz, lekin nemis tilini bolakaylar mendan ko‘ra ancha barvaqt o‘zlashtirib olishdi. Men ular bilan faxrlanaman» deydi hujumchi.

Xarri uchun bu dunyoda eng muhimi - oila! Biroq yaqinlari orasida yoqimsiz insonlar ham yo‘q emas. Uning amakivachchasi o‘zi bilmagan holda jinoyatchiga turmushga chiqqandi. Buni qarangki, Derri Makkann (kuyov) Kerri bilan nikoh marosimidan bir necha soat avval xiyobonda bir ayolning nomusiga tajovuz qilgan ekan. Tez orada jinoyatchi qo‘lga olinib, qamoqxonadan joy olgan.

Moliyaviy jihatlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, Bundesliga to‘purarlari yetakchisining ishlari doimo «besh». Hozirda futbolchi ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanadigan Edward James Investments xususiy kompaniyasining rahbari. To‘g‘ri, biznes boshqaruvi faqat Xarrining o‘zida emas: unga ota-onasi va akasi Charli ham yordam beradilar. Bundan tashqari, Charli Xarrining agenti hisoblanadi.

Lekin Xarrining faoliyatida ayrim kamchiliklar ham yo‘q emas - u o‘z faoliyatini Londonning «Arsenal»ida boshlagandi. «To‘pchilar» Keynni mahalliy «Rijuey Rovers» klubida ko‘rib qolishgan va o‘z akademiyalariga olib ketishgandi. Biroq bolakay 1 yildan keyin akademiyani tark etdi. sababi, uning do‘mboq gavdasi mutasaddilarni qoniqtirmagandi. Keyn yana «Rijuey Rovers»ga qaytdi, 2 yildan keyin 1 mavsumni «Uotford» akademiyasida o‘tkazdi. Ana shundan keyin uning ko‘pchilikka yaxshi ma’lum bo‘lgan «Tottenxem»dagi faoliyati boshlandi.

Xarri kriket va golf muxlisi. Shuningdek, u yugurish, velopoyga va UFC yakkakurashini xush ko‘radi. Lekin yakkakurashlarni faqat televizor orqali tomosha qiladi, golfni esa o‘zi o‘ynaydi. Shuningdek, Keyn hakam bo‘lish istagida yurgan ishsiz kimsalarga yordam beradi. Aytishlaricha, Xarri spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydi, qat’iy parhezga asosan taomlanadi, bu borada alohida oshpaz xizmatidan foydalanadi.

Asosiy mavzuga qaytadigan bo‘lsak, Xarri O‘zining Bundesligadagi debyut mavsumida to‘purarlar rekordini yangiladi. «Bavariya» uchun navbatdagi oltin medallar shu’lasi ko‘rinmayotgan bo‘lsada, YECHLdagi ishtiroki risoladagidek. «kumush lagan» boy berilgan taqdirda ham, «shalpangquloq« qo‘lga kiritilsa, muxlislar aslo xafa bo‘lishmaydi. Shuningdek, Keyn ham. Mazkur turnirning chorak finalida «Rekordmaystr»ni «Arsenal» kutmoqda. Demak, Xarri yana o‘zining ashaddiy raqiblari bilan uchrashadi. Lekin duelda g‘olib chiqa oladimi?

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:11, 09.04.2024.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.