"Bavariya" vingeri Brayan Saragosa uning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
"Ijaraga o‘tishim haqidagi mish-mishlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Men "Bavariya"da qolaman. Shu bois to‘rt yillik shartnoma imzoladim. Men bu klubda bo‘lishni xohlayman", - deya Saragosa so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
"Saragosa" "Barselona"ga ijaraga o‘tmoqchi edi, ammo futbolchi yozda "Bavariya"ni tark etishi dargumon.