Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvi haqida gapirdi.
Birinchi uchrashuvda 3:3 hisobida durang qayd etilgandi.
"Biz maydonga "Manchester Siti"ni mag‘lub etish uchun juda katta ishtiyoq bilan chiqamiz. "Real" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istaydi", - dedi Vaskes.
Javob o‘yini 17 aprel kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.