"Bavariya" prezidenti "Bayer"ni Bundesligadagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Myunxen klubi rahbari Gerbert Xayner "Verder"ni mag‘lub etib (5:0) chempionlikni qo‘lga kiritgan murabbiy Xabi Alonso jamoasi haqida gapirdi.
“Bayer Leverkuzen"ni klub tarixidagi Germaniya chempionligidagi tarixiy g‘alabasi bilan tabriklayman.
Jamoa unvonga mutlaqo loyiq edi - bu ajoyib mavsum va ajoyib futbol uchun mukofot.
"Bavariya"ning vazifasi shunday: chempionat kubogi Myunxenga qaytishi kerak! Yangi mavsumda ko‘rishguncha”, - dedi Xayner.